Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Umarov, Hidoyatova va Tojiboyevalar ustidan sud davom etmoqda


31/01/2006

Sanjar Umarov
Sanjar Umarov
Jinoyat ishlari bo・yicha Toshkent shahar sudida muxolifatdagi :Serquyosh O`zbekistonim; koalitsiyasi raisi Sanjar Umarov ustidan sud jarayoni boshlangan. Toshkent viloyatida esa inson huquqlari himoyachisi Mo`tabar Tojiboyeva ishi bo'yicha ham sud hay'ati o・z ishini davom ettirmoqda.

Sanjar Umarov va uning singlisi, muxolifat vakili Nodira Hidoyatovalar ustidan o`tayotgan jarayonlar ochiq, biroq alohida tartibda o`tmoqda. Har ikki jarayonga ham Toshkent shahar sudyasi Zokirjon Isaev raislik qilmoqda. 30 yanvar kuni Sanjar Umarov ustidan boshlangan jarayonga bir qator inson huquqlari himoyachilari, xalqaro diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etishdi.

Boshlangan jarayon jinoyatda gumon qilinayotganlar va jinoiy ishi bilan tanishtirish bilan tugatildi. Sud 3 fevralga qadar tanaffus e`lon qildi.

Nodira Hidoyatova
Nodira Hidoyatova
Shu kuni muxolifatdagi koalitsiyaning muvofiqlashtiruvchisi Nodira Hidoyatova ustidan ham navbatdagi mahkama jarayoni bo`lib o`tdi. Sud raisi Nodira Hidoyatovaning sudni yopiq o`tkazish haqidagi iltimosini inobatga olmagan va qonunchilikka ko`ra ochiq tarzda o`tkazishni lozim topgan. Unda ham bir guruh inson huquqlari faollari va diplomatik korpus vakillari ishtirok etishdi. Jarayonda Nodira Hidoyatova o`ziga nisbatan qoyilgan ayblarni rad etdi va jinoiy ishni soxtalashtirilgan deb aytdi.

Muxolifatdagi koalitsiyaga kiruvchi :Ozod dehqonlar; partiyasining raisasi Nigora Hidoyatova jarayonda Umarovning ishini uyushgan jinoyatchilik sifatida e'lon qilinishini asossiz deb hisoblaydi.

-  Bugun jinoyat ishini uyushgan jinoiy guruh sifatida e'lon qilishdi, bu hech qanday asosga ega emas. Prokuratura avvaliga Sanjar, Abror Umarovlarning jinoiy guruh tuzganlilari haqidagi uzun xulosani o`qib, shu ishga Nodiraga qarshli firma va teatrdagi faoliatini qo`shmoqda. Bunga sabab Nodiraning :Serquyosh O`zbekiston; koalitsiyasining  muvofiqlashtiruvchisi bo`lib kelayotganidir, - deydi ayblanuvchilarning singlisi, muxolifat vakili Nigora Hidoyatova.

Nigora Hidoyatovaga ko・ra, jinoiy ish qo`zg'alishining mohiyatida ularning siyosiy faoliyatlari yotganligini urg`ulaydi. O`zbekiston hukumati har qanday uyushmalarga yig`ilishdan, siyosiy faollikdan qo`rqadi.

30 yanvar kuni Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida O`zbekiston jinoyat kodeksining 17-moddasi bilan ayblanayotgan Farg`onadagi :O`t yuraklar; inson huquqlarini himoyalash klubi rahbari Mo`tabar Tojiboyeva ustidan ham sud jarayoni o・tmoqda. 

Mo`tabar Tojiboyevani Farg`ona viloyati prokuraturasi firibgarlik, tovlamachilik, noqonuniy tashkilot tuzishda ayblagan. Tojiboyeva tergov surishturuv ishlari yakunlangandan so`ng Toshkentga olib kelingan edi.

Mo`tabar Tojiboyevaning nega aynan Toshkentda sud qilinayotgani ma・lum emas. Uning advokatlari bu haqda ma・lumotga ega emasliklarini aytishdi. Inson huquqlari himoyachilariga ko`ra esa Farg・onadagi faol inson huquqlari himoyachisini viloyatdan uzoqroqda sud qilishni lozim topgan bo`lishlari mumkin. 

Jinoiy ish mohiyati esa Mo`tabar Tojiboyevaning inson huquqlarini himoyalashga oid faoliyati bilan bog`liq deb qaralmoqda. Mo`tabar Tojiboyevaning advokati Husan Nurmatovning bildirishicha, jarayon bir hafta ichida nihoyasiga yetishi mumkin.    

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?