Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi

24/06/2008

Guantanamo detainees stand side by side during midday prayers (file photo)
Guantanamoda Markaziy Osiyodan 30 ga yaqin mahbus borligi taxmin qilinadi. Asirlarning ko'pi hujjatsiz va asl vatani hamda ism-sharifini aytmaydi. Uyg'urlar qatori ular ham ekstraditsiya qilinmaslikni iltimos qilgan.  
AQSh federal apellyatsion sudi olti yildan beri Guantanamo qamoqxonasida urush asiri sifatida saqlanayotgan, uyg・ur millatiga mansub Huzayfa Parhatni panjara ortidan chiqarishni va uning maqomini qayta ko・rib chiqishni buyurgan.

Parhatning qachon ozodlikka chiqishi noma・lum, ammo buning uchun yuridik harakat boshlandi deydi advokatlar. 

Guantanamodagi 400 dan oshiq mahbus orasida Afg・onistonda ushlanib olib kelingan 25 nafarga yaqin uyg・ur bor edi. Ulardan besh nafari oqlanib, Albaniyadan boshpana olgan. Qolganlarining taqdiri mavhum. 

Amerika rasmiylari ularning begunoh ekani tan olingan, ammo xavfsiz boshpana topilmaguncha uyg・urlar Guantanamoda qolishga majbur deydi. AQSh ularni, qiynoqqa solinishi mumkinligidan xavotirlanib, Xitoyga topshirmoqchi emas. Xitoy bu uyg・urlarga terrorchi sifatida qaraydi deydi rasmiylar. 

Vashington bu uyg・urlarga Amerikada yashash uchun ruxsat berishni ham istamaydi. 

Guantanamodagi mahbuslardan 100 dan ziyodi hozir o・z maqomini qayta ko・rib chiqishni so・ramoqda. Afg・onistonda hisbga olingan bo・lsa-da, deydi ularning himoyachilari, bu insonlar AQShga qarshi urushda qatnashmagan va uni dushman deb bilmaydi. 

Bu asirlar orasida o・zbeklar borligi ham tilga olinadi, lekin to'liq ma'lumotlar berilmaydi. Ayrimlari vatanga ekstraditsiya qilinmasligini iltimos qilgan. 

Yaqinda AQSh Oliy Sudi bu mahbuslarning ishi fuqaro sudlarida ko・rilsin deb hukm chiqargan. Huquqshunoslar fikricha yaqin kelajakda bu insonlarning ahvoli oydinlashadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?