Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash


25/06/2008

[insert caption here]
Tadbir tashkilotchilari uning samara berishiga ishonmasa ham, jamoatchilik senzura haqida bilishi kerak degan fikrda
O・zbekistondagi siyosiy jarayonlarni yorituvchi Internet saytlari birlashib global tarmoqda senzuraga qarshi aksiya boshlagan.

Tadbir tashkilotchilari uning samara berishiga ishonmasa ham, jamoatchilik senzura haqida bilishi kerak degan fikrda.

Daniil Kislov Markaziy Osiyodagi ommabop Ferghana.ru axborot saytining asoschisi va rahbari. Uning aytishicha, 2005 yilgi Andijon voqealaridan so・ng mustaqil matbuotga nisbatan senzura kuchaygan.

Ferghana.ru ham Internet-senzuraga qarshi aksiyaga qo・shilgan. Aksiyaga a・zo saytlar bosh sahifasiga :O・zbekistonda taqiqlangan; degan belgi qo・yishga kelishib olgan.

Mening fikrimcha O・zbekistonda Internet Xitoy va Turkmanistonda ham qattiqroq nazorat qilinadi, deydi Kislov.

Ferghana.ru sahifasi o・zbek, rus va ingliz tillarida har kuni mintaqaga doir xabarlar va tahliliy maqolalar chop etadi. Sayt rahbarining aytishicha, unga har kuni kiradigan deyarli 7,000 kishining atigi 100-200 tasi O・zbekistondan.

Bu raqam bir oz yuqori bo・lishi ham mumkin, chunki ba・zilar saytga proksi-serverlar orqali kiradi va ular boshqa mamlakatdan kirgan degan tasavvur paydo bo・ladi, deydi Kislov.

O・zbekistondagi Internet kafelarda Ferghana.Ru va shu kabi saytlarga kirish amri mahol, chunki O・zbekistonni Internet bilan ta・minlovchi davlat provayderlik kompaniyalari u orqali o・tayotgan axborotni elakdan o・tkazadi, ayrim saytlarga kirish yo・llarini to・sadi.

Buni Toshkentdagi Internet kafe egalaridan biri ham ta・kidlaydi.

Uning aytishicha, senzurani Internet kafelar emas, provayderlar qo・yadi.

Ba・zi hollarda, deydi Daniil Kislov, Internet senzuradan xoli bo・ladi. Masalan, Internetga uyali telefon orqali kirilsa yoki jamoatchilik joylarida bepul Wi-Fi tizimidan foydalanilsa.

Ferghana.Ru loyihasi O・zbekistondan Internetga kira olmayotgan o・quvchilariga xabarlarni kundalik ravishda elektron pochta orqali tarqatadi.

Bu doim ham xavfsiz emas, deydi loyiha rahbari, chunki ba・zi hollarda elektron maktublar o・qilishi va nazorat etilishi mumkin.

O・zbekistonda Internet-senzura davom etarkan, odamlar taqiqlangan saytlarga kirish uchun texnik bilimini kundalik ravishda oshirib borishi, bu boradagi yangiliklardan boxabar bo・lib turishi kerak, deydi Daniil Kislov.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?