Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq


27/06/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

afyun
Tolibon dehqonlarga buyurtma beradi, shuningdek, hosil daro madiga soliq ham soladi
BMT hisobicha
o・tgan bir yil ichida Tolibon Afg・onistonda afyun yetishtiruvchi dehqonlardan 100 million dollar miqdorida soliq yiqqan.

Toliblar nazorati ostidagi mamlakat janubida dehqonlar nafaqat ko・knor ekishga, balki uning savdosidan tushgan daromad hisobidan soliq to・lashga ham majbur qilinmoqda. 

Tahlilchilar, qolaversa oddiy xalq nazarida AQSh va Afg・oniston hukumati qoradoriga qarshi kurashni eplay olmayapti. Rasmiylar esa afyun butun mamlakat bo・ylab emas, ayrim notinch hududlardagina ishlab chiqarilmoqda deydi.

Afg・oniston - dunyoda eng ko・p afyun yetishtiruvchi davlat. O・tgan yil mamlakatda qoradori savdosidan to・rt milliard dollar daromad olingan.

afyun
Afyun hosili dehqonlar hayotini farovon qilib qo'yayotgani yo'q, ammo qozon qaynamoqda 
Asosan janubda, Tolibon mahkam joylashib olgan hududlarda. Daromad huzurini ham aynan ular ko・rmoqda. 

Qoradori makoni bo・lish xalq uchun og・ir, ammo bu mahsulotsiz aholining kun ko・rishi qiyin. 

Ko・knor yetishtirish uchun buyurtma Tolibondan keladi, arzimagan pulga. Bir bo・lak yerdan olingan hosil daromadi bilan qozonni qaynatish oson emas. Ammo boshqa iloj ham yo・q.

Tolibon hokimiyatdan ag・darilgach hukumatning qoradoriga qarshi siyosatini quvvatlab, ko・knor emas, sabzavot ekishga kirishgan dehqonlar "qurg・oqchilik tufayli yana shu baloga qaytdik", - deydi.

"Davlat bizning holimizdan xabar olayotgani yo・q. Berilgan va・dalar faqat qog・ozda. Hammayoqda ocharchilik, ishsizlik, turli kasalliklar tarqalgan. Tirikchilik shu ko・knorga bog・liq",- deydi Dur Jon ismli oqsoqol.

Томас Швейк
"Afg'onistonda ko'knor va afyun yetishtirishni bas qilish uchun mahalliy iroda yetishmayapti",- deydi AQSh rasmiysi Tomas Shveyk
AQShning Afg'onistonda qoradoriga qarshi kurash uchun mas'ul diplomati Tomas Shveykning aytishicha 28 viloyatda ko'knor dalalari yo'q qilingan va qilinmoqda.

Pokiston bilan chegaradosh hududlar - Hilmand, Qandahor va Nangahorda muammoga qarshi kurash ancha sust deya tan oladi rasmiy.

Janubda kurash samara bermayotganining asosiy sababi, deydi Tomas Shveyk, mahalliy hokimiyatlardagi korrupsiya va Afg・onistonda qoradoridan qutulish uchun siyosiy iroda yetishmasligidir. Qoradori biznesidan daromad oladigan arboblar ko・p.

"Qandahor kabi viloyatlarda ko'knor ekadigan odamlar faqat dehqonlar emas, balki mahalliy amaldorlar, ichki ishlar xodimlari va qabila oqsoqollari ekanini ko'rasiz. Tolibon esa hamon bu joylarda izg'ib yuribdi. Ularni ba'zida oddiy odamlardan ajtatish qiyin", - deya tushuntiradi AQSh diplomati.

Vashington esa qoradori yetishtirishga barham berish uchun Afg'onistonga yiliga millionlab dollar ajratishda davom etmoqda. 

afg'onlar
Dehqonlar tirikchilik uchun ko'knor ekishdan boshqa chora yo'q deydi. Qurg'oqchilik savzavot yetishrishga yo'l bermaydi. Hukumat esa yordamga shoshayotgani yo'q.
Boy davlatlar kelasi ikki yil ichida afg'on xalqi hayotini yaxshilash va tinchlikni ta'minlash uchun 20 milliard dollar hadya qilishga va'da bermoqda. 

Sharti shuki, hukumat bu mablag' haqqoniy va oshkora tarzda, jamiyat taraqqiyoti uchun sarflanayotganini isbotlashi lozim.

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay qoradoriga qarshi kurashda xalqaro tashkilotlardan ko'proq yordam so'ramoqda. 

Lekin mamlakatda korrupsiya va mahalliychilikdan to'ygan xorijliklar, jumladan amerikaliklar fikricha jamiyatda chuqur ildiz otgan illatlarga bolta urush rasmiy Kobulning vazifasi.

afg'on dalasi
Amerika rasmiylarining aytishicha, Afg'onistonda afyun savdosi ortida mahalliy rasmiylar turibdi
Afg'on hukumati Markaziy Osiyo va Rossiyadan ham bu borada ko'mak kutmoqda. 

Mamlakatda yetishtirilgan afyun jahon bozoriga shu davlatlar orqali yetkaziladi.

Amerika rasmiylari nazarida O'zbekiston va Tojikiston narkotiklar savdosini cheklash uchun kuchli choralar ko'ra boshlagan. 

Ammo, deydi ular, masala yechimi baribir afg'on rahbariyati va jamoatchiligi bo'ynida. Avvalo ko'knor ekishni, afyun ishlab chiqarishni bas qilish kerak.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti nima uchun Rossiya kutgan javobni bermadi?

  Boshqa xabarlar
O'zbek yoshlari dunyo folklorini asrashda hissa qo'shadi  Audio Clip Available
Barak Obama Jon Makkeyn bilan bellashishga tayyor
O'zbekistonda qonunlar yaxshi, lekin amalda hali foyda bermayapti
Makkeyn va Obama Markaziy Osiyo haqida nima biladi?
Barak Obama - "Amerikaning azaliy orzusi"
Rossiya nazarida bugun NATOdek tashkilotga hojat yo'q
Xitoy Rossiya harakatlaridan tashvishda
Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishi mumkin
Mustaqillik bayramida Vladimir Putin O'zbekistonga tashrif buyuradi
G'arb Gruziya hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirmoqda
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Eronga "yo'q" deyishi mumkin
Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi
A'zam Turg'unovning ishi sudda; tazyiqlar davom etmoqda
Mishel Obama: Barak ajoyib va qobil prezident bo'ladi
Qirg'izistondagi havo halokatida qariyb 70 kishi nobud bo'lgan
Suv taqchilligi muammosi yaqin 10 yilda tabiiy ofat tusini oladi
Yosh va navqiron Obama keksa va tajribali Baydenni tanladi
O'zbekistonliklar nazarida Rossiya xaloskor