Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti


28/06/2008

[insert caption here]

Yevropa Ittifoqi va Rossiya hamkorlik bitimi imzolashga doir muzokaralarni boshlash arafasida.

Xanti-Mansiysk shahrida o・tgan sammitda  energetika va xavfsizlik bosh mavzular. Bu Dmitriy Medvedevning Rossiya prezidenti sifatida Yevropa rahbarlari bilan ilk uchrashuvi.

Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barroso Rossiya va Yevropa bir-biriga tayanadi deydi.

:Rossiya Yevropa Ittifoqining asosiy yonilg・i ta・minotchisi. Ittifoq davlatlari esa Rossiya mahsuloti uchun ulkan bozor. Savdo va hamkorlikdan har ikki tomon birdek manfaatdor;, - deydi Barroso.

4 iyul kuni Moskva-Bryussel hamkorlik bitimini yangilash bo・yicha muzokaralar boshlanadi.

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Xavier Solana fikricha iqlim o・zgarishi, terrorizm, ommaviy qirg・in qurollarini tarqatmaslik kabi masalalar yechimi Rossiya va Yevropa ishtirokini taqozo etadi. Moskva Eron bilan muzokaralarda ham vositachi.

Qo・shma Shtatlar Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi o・rnatishni rejalar ekan, Rossiya rahbari Dmitriy Medvedev :bunday masalalarni qit・a davlatlarining o・zi, birgalikda hal qilsin; deydi.

Kreml nazarida :AQSh mudofaa tizimi Yevropani Eron kabi davlatlardan himoya qiladi; degan gaplar o・rinsiz. Ammo Bush ma・muriyati tizimni tobora targ・ib qilar ekan, Rossiya norozilik belgisi sifatida Yevropada oddiy qurollarni kamaytirish bo・yicha kelishuvni tark etgan.

Dmitriy Medvedev Yevropa xavfsizligini ta・minlovchi yangi tizim barpo etishni taklif qilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?