Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?


30/06/2008

Kreml'

Rossiya va Yevropa Ittifoqi yangicha hamkorlik borasida fikr almashmoqda.

Ittifoq rahbariyati va Kreml inson huquqlari va demokratik tamoyillar yo'lida birga ishlash ustida o'ylanmoqda.

Toshkentdagi ayrim sharhlovchilar nazarida Rossiyada demokratik islohotlar boshlansa, bu bevosita O`zbekistondagi siyosiy boshqaruvga ham ta`sir etmay qolmaydi. 

Tanqidchilar izohicha Rossiya va O'zbekistonning avtoritar tuzumi bir-biriga suyanib keladi.   

"[Yevropa Ittifoqi bilan] uchrashuvda Medvedov Putinning avvalgi gaplarini takrorladi, ya'ni munosabatlarda biror yangilik bo'lishi kutilmaydi. Agarda hozir Rossiya Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni yaxshilab, Yevropa standartlariga o`tsa, buning O`zbekistondagi vaziyat uchun katta ta`siri bo'ladi", - deydi "Birlik" partiyasi rais o'rinbosari Po'lat Oxun.

Rossiya tarkibidagi muxtor respublikalardan biri - Tatariston prezidenti Mintemir Shaymiyev gubernatorlarni Kreml tayinlamasdan, ularni xalq saylasin deb chiqmoqda.

Tahlilchilar fikricha Tatariston rahbari bu undov bilan markaziy hukumat ta'sirini kamaytirish lozim demoqda.

Muxolifatdagi "Birlik" partiyasi rais o`rinbosari Po`lat Oxunga ko`ra Mintemir Shaymiyev Kremlning keskin nazoratiga qaramasdan mustaqil siyosat yuritishga urinayotgan tajbirali arbob. 

"Chechenlar oxir oqibatda Rossiya bilan fuqarolik urushigacha bordi. Lekin Tatariston urushsiz ko`p imkoniyatlarga ega bo`ldi. Bu albatta Shaymiyevning juda tajribali siyosatchi ekanidan dalolat. Yeltsin o`sha paytda kelib, "xohlagacha mustaqillik olinglar" degan davrlardan boshlab, Tatariston Rossiya ichida ancha mustaqillika erishdi. Regional rahbarlar ichida Shaymiyevning nufuzi baland. Putin kelgach, shularni ham hisobga olib, regional rahbarlarning vakolatlarini  cheklashga tushdi va ularni o`zi tayinlaydigan bo`ldi", - deydi Po`lat Oxun.

Tatariston prezidenti jumladan muxtoriyat rahbarini markaz emas, balki tatarlarning o`zi saylasin deb xalq manfaatlarini himoya qilmoqda deydi kuzatuvchi. 

"Putun prezidentligining oxirgi yillarida Shaymiyevning o'rniga Ichki ishlar vaziri Rashid Nurgaliyevni tayinlash haqida gaplar yurdi. Ehtimol shunday bayonot bilan Shaymiyev Tatariston xalqiga ham murojaat qilmoqda. Yangi prezidentni o'zingiz tanlang deya undamoqda", - deydi Po'lat Oxun.

Sharqshunos olim Abdusattor Jumanazarga ko`ra esa turkiylarni katta bir qismini tashkil etuvchi tatarlar Rossiyadagi asosiy mahalliy xalqlardan biri.

"Hozirgi Volga daryosi bo`ylab qadimda bulg`orlar degan xalq yashagan. Bulg`orlar hozirgi tatarlar. Ularning tarixi mashhur Atilladan ham avvalga borib taqaladi. Bir saltanat kelib gullab-yashnaydi va keyinroq inqirozga uchraydi. Tatarlarda ham shunday. Avval buyuk saltanatlar qurgan bo`lsa, Ivan Grozniy davridan boshlab turkiy dunyo inqirozga uchray boshladi. Oltin o`rda xonligi tugatildi. Rossiyada ruslar davri boshlandi. Qudratli Rossiya imperiyasiga asos solindi. Shu paytdan boshlab tatarlar ham parchalanib ketdi", - deydi olim. 

Kreml Tatariston rahbarining chaqiriqlariga javob bermagan. Tahlilchilar nazarida Mintemir Shaymiyev mavridi kelmaganda bunday bayonot bilan chiqmagan bo'lardi. "U ehtiyotkor siyosatchi",- deydi ular. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti nima uchun Rossiya kutgan javobni bermadi?

  Boshqa xabarlar
Barak Obama Jon Makkeyn bilan bellashishga tayyor
AQSh generali O'zbekistonda muzokaralar olib borgan
O'zbekistonda qonunlar yaxshi, lekin amalda hali foyda bermayapti
Makkeyn va Obama Markaziy Osiyo haqida nima biladi?
Xitoy Rossiya harakatlaridan tashvishda
Barak Obama - "Amerikaning azaliy orzusi"
Rossiya nazarida bugun NATOdek tashkilotga hojat yo'q
Mustaqillik bayramida Vladimir Putin O'zbekistonga tashrif buyuradi
O'zbek yoshlari dunyo folklorini asrashda hissa qo'shadi  Audio Clip Available
Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishi mumkin
G'arb Gruziya hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirmoqda
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Eronga "yo'q" deyishi mumkin
Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi
A'zam Turg'unovning ishi sudda; tazyiqlar davom etmoqda
Mishel Obama: Barak ajoyib va qobil prezident bo'ladi
Qirg'izistondagi havo halokatida qariyb 70 kishi nobud bo'lgan
Suv taqchilligi muammosi yaqin 10 yilda tabiiy ofat tusini oladi
Yosh va navqiron Obama keksa va tajribali Baydenni tanladi
O'zbekistonliklar nazarida Rossiya xaloskor