Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi

01/07/2008

AQShning :Nyu-York Tayms; gazetasiga ko・ra, o・tgan yili Pokistonning Afg・oniston bilan chegaradosh qabilaviy hududlarida AQSh maxsus kuchlari operatsiyalarini yengillashtiruvchi maxfiy reja ishlab chiqilgan edi. Ammo, deb yozadi, gazeta, reja amalga oshmagan.

AQSh Mudofaa vazirligi so・zlovchisi Brayan Vitmanning aytishicha, Qo・shma Shtatlar Afg・oniston-Pokiston chegarasida terrorchilar haligacha yo・qotilmaganidan norozi.

Pokistonning shimoli-g・arbida Tolibonga xayrihoh kuchlar va al-Qoida a・zolari panoh topib, imkon bo・lganda chegara ortidan AQSh va NATO kuchlariga hujumlar qilmoqda.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning aytishicha, Pokiston ularga yetarlicha bosim qo・ya olmayapti. Bu esa AQShni xavotirga solmoqda.

Yaqin Sharq bo・yicha tahlilchi Ken Katsmen fikricha, Pokiston AQSh bosimi bilangina jangarilarga qarshi keskin kurashmoqda.

"Pokiston tashabbusni qo・liga olmasa, AQSh bir tomonlama harakat qilishi mumkinligini yaxshi biladi," deydi tahlilchi.

Kecha Afg・onistonning Xost viloyatida NATO kuchlari Pokiston askarlari bilan hamkorlikda 11 nafar jangarini o・ldirgan. Pokistonliklar NATO hujumidan qochib chegarani kesib o・tayotgan jangarilarni o・qqa tutgan. Xostdagi yana bir operatsiyada AQSh va NATO kuchlari 33 jangarini yo・q qilgan. Zabul viloyatida esa politsiya bilan to・qnashuv paytida besh tolib o・ldirilgan.

Bugun, shuningdek ma・lum bo・lishicha, AQSh va NATOning Afg・onistondagi talafotlari so・nggi ikki oy ichida Iroqdagi qurbonlardan ham ko・p bo・lgan. Hisoblarga ko・ra, iyun oyida Iroqda 31 nafar xorijiy askar, jumladan 29 amerikalik halok bo・lgan. Afg・onistonda esa shu oy ichida xalqaro koalitsiyaning 45 harbiysi jon bergan. Shuni ta・kidlash joizki, Iroqda Afg・onistondan ko・ra ikki baravar ko・p xorijiy askar xizmat qiladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti nima uchun Rossiya kutgan javobni bermadi?

  Boshqa xabarlar
Barak Obama Jon Makkeyn bilan bellashishga tayyor
AQSh generali O'zbekistonda muzokaralar olib borgan
O'zbekistonda qonunlar yaxshi, lekin amalda hali foyda bermayapti
Makkeyn va Obama Markaziy Osiyo haqida nima biladi?
Xitoy Rossiya harakatlaridan tashvishda
Barak Obama - "Amerikaning azaliy orzusi"
Rossiya nazarida bugun NATOdek tashkilotga hojat yo'q
Mustaqillik bayramida Vladimir Putin O'zbekistonga tashrif buyuradi
O'zbek yoshlari dunyo folklorini asrashda hissa qo'shadi  Audio Clip Available
Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishi mumkin
G'arb Gruziya hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirmoqda
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Eronga "yo'q" deyishi mumkin
Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi
A'zam Turg'unovning ishi sudda; tazyiqlar davom etmoqda
Mishel Obama: Barak ajoyib va qobil prezident bo'ladi
Qirg'izistondagi havo halokatida qariyb 70 kishi nobud bo'lgan
Suv taqchilligi muammosi yaqin 10 yilda tabiiy ofat tusini oladi
Yosh va navqiron Obama keksa va tajribali Baydenni tanladi
O'zbekistonliklar nazarida Rossiya xaloskor