Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda

02/07/2008

"Ozodlik" radiosi rahbari Jeffri Gedmin :Vashington Post; (Washington Post) gazetasida chop etilgan maqolasida, O・zbekistonda mustaqil jurnalistlarga qarshi keng qamrovli kampaniya ketmoqda, deydi.

Uning yozishicha davlat televideniyesi maxsus ko・rsatuv tayyorlab, "Ozodlik" muxbirlarini jinoyatchi va vatan xoinlari deb atagan. Efirda ularning surati ko・rsatilib, oilalari haqida ma・lumot va uy manzillari tilga olingan. Ko・rsatuv efirga kamida uch marotaba uzatilgan, deydi Gedmin. 

Uning nazarida O・zbekistondagi vaziyat AQShning keyingi prezidenti uchun jumboq bo'lsa ajabmas. Qo・shma Shtatlar O・zbekiston bilan xavfsizlik borasida hamkorlik qilayotib, inson huquqlari va demokratiya masalalarini unutmasligi lozim, deydi  "Ozodlik" prezidenti. 

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Richard Baucher yaqinda Toshkentga safar qilganida mamlakatda huquqiy ahvol yaxshilanmoqda va oldinda hali ko'p ishlar qilinishi kerak degan edi. Tashrifdan so・ng "Ozodlik" muxbirlarini qoralovchi dastur namoyish etilgan.

Britaniyada istiqomat qilayotgan o'zbekistonlik jurnalist Shohida To・laganova rasmiy Toshkentning jurnalistlarga nisbatan harakatlarini :jirkanch; deb ataydi.  

Uning aytishicha, agar Yevropada shunday bo・lganida edi, "Ozodlik" rahbariyati jurnalistlarni isbotsiz va asossiz haqoratlagan telekanalni sudga bergan bo・lar edi. Lekin O・zbekistonda qonunlar ishlamaydi, deydi u.

"Ozodlik" radiosi Pragada asoslangan bo'lib, "Amerika Ovozi" kabi AQSh Kongressi tomonidan moliyalanadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?