Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda

03/07/2008

Prezident Bush Afg・onistondagi AQSh qo・shini uchun iyun oyi :og・ir keldi; demoqda. Biroq bu talofatlar oxir o・qibat o・zini oqlaydi deydi Bush.

NATOning Yevropadagi Bosh qo・mondoni general Jon Kreddok fikricha, Afg・onistondagi askarlar qo・shimcha harbiy uskuna-yordamga muhtoj. 

Bundan tashqari, alyansga a・zo davlatlar harbiylarning xizmat maydoniga doir cheklovlarni bekor qilsin deydi general. 

AQSh admirali Mayk Mullen nazarida Afg・onistondagi koalitsiya askarlari soni yetarli emas, ular Tolibonga bas kelmasligi mumkin. Prezident Bush joriy yil oxirigacha Afg・onistonga qo・shimcha harbiy jo・natishga va・da bermoqda.

Bushning aytishicha, o・tgan oy Afg・onistondagi koalitsiya qo・shini uchun mashaqqatli davr bo・ldi. Biroq Tolibon safida ham talofatlar kam emas.

Vashington boshqa davlatlarni ham jangda faolroq qatnashishga chaqirib keladi. Fransiya va Buyuk Britaniya bu da・vatlarga ko・nib, Afg・onistonga ko・proq askar safarbar etishga so・z bermoqda.

Hozir mamlakatda 32 ming amerikalik askar bor. Bush 2009 yilda qo・shimcha zobit jo・nataman demoqda. Bir qismi shu yilning o・zidayoq Afg・onistonga yo・l oladi.

AQSh admirali Mayk Mullen so・zlariga ko・ra, Tolibondan tozalangan hududni himoya qilish uchun askarlar yetmayapti. NATO davlatlari yuborgan qo・shin ko・p hollarda xavfli hududlarga yo・lamaydi. Amerika zudlik bilan qo・shimcha askar jo・natishi kerak deydi u.

Admiralning aytishicha, Iroqda ijobiy o・zgarishlar bor, yil oxirigacha u yerni epaqaga keltirgach, bor e・tiborni Afg・onistonga qaratish mumkin.

O・tgan hafta Pokiston hukumati Afg・oniston bilan chegarada Tolibonga qarshi yirik operatsiya boshladi. AQSh admirali bu qarordan mamnunmiz deydi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?