Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Tojikistonda o'zbek tilidagi ko'rsatuv, eshittirishlar kamaygan


29/07/2008

[insert caption here]

Tojikiston poytaxti Dushanbeda, Eron va Afg'oniston hamkorligida yangi xalqaro telekanal ish boshlash arafasida ekan, Tojikiston aholisining kamida 25 foizini qoplagan o'zbeklarga respublika elektron ommaviy axborot vositalarida qanchalik o'rin berilmoqda?

Bundan ikki yil oldin Tojikistondafaqat bitta umummamlakat telekanal mavjud edi. 

Hozir Tojikiston yer yo'ldoshi orqali jahonga tarqatiladigan birinchitelekanaldan tashqari, "Safina" hamda"Bahoriston" nomli alohida telekanallarga ega. Radioto'lqinlarda ham efir vaqti ko'paytirilgan.

Tojikiston "Xovar" informasion agentligi bo'lim mudiri Nyo'monjon Faxriddinovga ko'ra, oldinlari respublika radiosida o'zbek tilida faqat 15 minutlik axborot berilgan xolos.

Respublika radiosi o'zbek bo'limi xodimi Otabek G'oyibovning harakati bilan o'zbekcha eshittirishlar vaqti haftasiga bir soatga kengaytirilgan. Lekin respublika televideniyasida ko'rsatuvlar miqdori aholini qoniqtirmaydi. Faxriddinov fikricha, Tojikistonda mavjud uch telekanalning hammasida ham o'zbekcha ko'rsatuvlar tashkil etishga imkon yo'q.

"Biz ham Tojikistonbirinchi telekanalida oyiga bir soatlik vaqt olishga harakat qilyapmiz. Bu bo'ladi. "Bahoriston" telekanali tojik farzandlariga mo'ljallangan. "Safina" telekanali esa faqat tojik madaniyati va hayotiga bag'ishlangan telekanallar hisoblanadi. Bu kanallarga biz kira olmaymiz," - deydi No'monjon Faxriddinov.

Respublikaning shimoliySo'g'd viloyatida keyingi 12 yil mobaynida, bilgan kishilarning aytishicha, televideniyeda oylik o'zbekcha ko'rsatuvlar 50 foizga, radioeshittirishlar esa qariyb 70 foizga qisqarib ketgan.

Xujand Davlat Universitetijurnalistika kulliyoti o'qituvchisi Sayunboy Tilabovning aytishicha, respublika elektron ommaviy axborot vositalarida o'zbekcha chiqishlarga ajratilgan vaqt avvaldan o'zgarmasdan kelmoqda. Ammo uning fikricha, o'zbeklar uchun eshittirish va ko'rsatuvlarga ko'proq vaqt ajratilishi ijobiy hisoblanardi.

Tojikistonlik taniqli qalamkash Ahli Rasul Muhammad respublikada o'zbekcha ko'rsatuv va eshittirishlar tashkillanishida milliylikka urg'u bermaydi va bu masalani ahamiyatsiz hisoblaydi. Uning fikricha, bugungi sivilizatsiya taraqqiyoti asrida milliy mahdudlikka berilmaslik kerak.

"O'zbegu-tojik deganlari hammasi nisbiy bir farqlanish, belgilar hisoblanadi. Bu masala u qadar ahamiyat kasb etmaydi," - deydi o'zbek yozuvchisi.

Jurnalistika kulliyoti o'qituvchisi Suyunboy Tilabov ham Tojikistonda asosan o'zbeklar yashovchinohiyalarda ommaviy axborot-tashviqot vositalarini ko'paytirishga ehtiyoj ko'rmaydi.

"Bu narsa uchun ehtiyoj sezilmaydi deb o'ylayman. Chunki jumhuriyat televideniyesi va radiosida eshittirishlar berilmoqda. Davlat tilini hamma o'rganmoqda. Maktablarda tojik tiliyaxshi o'rgatilmoqda. Shuni uchun rayonlarda o'sha yer aholisi tilida radiotelevideniyelar tashkil etishga hozir zarurat yo'q deb o'ylayman," - deydi Tilabov.

Ko'proq o'zbeklar yashaydigan nohiyalarda istiqomat qiluvchi teletomoshabinlarning guvohligiga qaraganda, So'g'd viloyatida o'zbekcha ko'rsatuvlar ularning talablariga javob bermaydi.

"Oxirgi 3-4 yil orasida nafaqat o'zbekcha ko'rsatuvlar qisqarib ketdi. Hatto o'zbekcha qo'shiqlar eshitilmay qoldi. Masalan, "Aziya", "CM-1" kanallarida qo'shiqlar berilmaydi. Viloyat televideniyesida "Oqshom" degan ko'rsatuv juda qisqartitirlgan holda beriladi. Shunda ham kerak bo'lsa tojikchaqo'shiq qo'yib yuboradi," - deyishadi So'g'ddagi o'zbek tomoshabinlar.

Tojikiston shimolidagi o'zbek jamiyati mutasaddilariga ko'ra, So'g'd viloyatida yaqin orada o'zbek tilidagiko'rsatuv va eshittirishlar ko'paytirilishiga kelishib olingan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?