Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Toshkentda Yevropa Ittifoqi-O'zbekiston muloqoti boshlangan


30/07/2008

Yevropa Ittifoqi bayrog'i
Yevropa Ittifoqining mintaqadagi elchilari siyosiy strategiyaga e・tibor qaratgan bo・lsa, Yevropa Ittifoqiga a`zo davlatlar diplomatlari O`zbekistondagi umumiy vaziyat bilan tanishgan.
Yevropadan tashrif buyurgan bir guruh diplomatlar bir necha kun mobaynida mamlakatdagi ahvolni o`rganib, nodavlat tashkilot vakillari bilan uchrashgan.

Tashkilotga a・zo davlatlarning mintaqadagi elchilari esa Toshkentda umumiy hamkorlik yuzasidan muzokaralar o`tkazmoqda. 

Muloqot davomida Yevropaning mintaqaga nisbatan umumiy strategiyasi muhokama qilingan. 

Bu uchrashuv rasmiy Toshkent bilan kechayotgan muzokaralar uchun ham muhimligi ta`kidlanmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, diplomatlar qator rasmiy idoralarda bo`lib, Oliy Majlis vakillari, inson huquqlari bo`yicha Ombudsman bilan uchrashgan.

Yevropa diplomatlari bilan uchrashgan O`zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov inson huquqlari bo`yicha vaziyat og・irlashib borayotgani haqida axborot bergan.

:Yigirmaga yaqin delegate kelgan Yevropa davlatlaridan. Biz bilan uchrashishdan maqsad O`zbekistondagi ahvolni o`rganish, ayniqsa ularni inson huquqlari bilan bog`liq vaziyat qiziqtirdi;, - deydi Ikromov.

Bir oz avval AQSh davlat departamenti mulozimi Jorj Kroll O`zbekistonga tashrif buyurib, rasmiy idoralar bilan bir qatorda nodavlat tashkilot vakillari bilan ham uchrashuv o`tkazgani haqida ma`lumotlar bor.

Surat Ikromovning aytishicha, keyingi paytda muloqotning faollashgani ijobiy hol, biroq hozircha biror samara sezilmayapti.

:Albatta hukumat bilan muloqot kerak, lekin bu jarayonda inson huquqlari chetda qolib ketayotgandek. Shu uchrashuv shunday fikr bildirildiki, go`yo bular sanksiyalarni qattiqlashtirsa, talablarni kuchaytirsa, O`zbekiston izolyatsiyada qolib ketadi. Men bunga qat`iy e`troz bildirdim, chunki inson huquqlari bilan bog・liq vaziyat O`zbekistonda borgan sari yomon bo`lib ketayapti;, - deydi Ikromov.

Siyosiy sharhlovchi Muqimjon Qirg`izboyev fikriga ko`ra, muloqot Yevropa Ittifoqi uchun Markaziy Osyio muhim strategik ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Yevropa Ittifoqi O`zbekiston bilan munosabatlarda ayrim farqli tomonlarni inobatga olmayapti deydi u.

:Inson huquqlari siyosiy, mafkuraviy masala, energetika esa iqtisodiy, bu ikkovini bir biriga bog`lamaslik kerak. Qaysi malakatda rivojlanish past bo`lsa, inson huquqlari himoya qilinmayotgan bo`lsa, shu mamlakatga ko`proq e`tibor berilishi lozim. 17 yil ichida qanday qilib O`zbekiston inson huquqlarini ta`minlash maslasida AQSh yoki Germniya bilan tenglashishi mumkin?; deydi siyosiy sharhlovchi Muqimjon Qirg`izboyev.

Muxolifat vakillari fikricha, O`zbekistondan o`ta oddiy islohotlar kutilmoqda. Mamlakatda inson huquqlari va so`z erkinligini ta`minlash, mavjud muxolif partiyalarni ro`yxatga olish, buning uchun hukumatdan siyosiy iroda talab qilinadi, xolos.

Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Fransiyaning O`zbekistondagi elchisi ta・biricha, mazkur uchrashuvlar natijasida olingan xulosalar rasmiy Toshkentga nisbatan sanksiyalarni qayta ko`rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?