Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Tahlilchilar: Markaziy Osiyoda uyg'urlar yuzasidan aniq siyosat zarur


31/07/2008

[insert caption here]
Uyg'urlar yashovchi Sharqiy Turkistonda katta gaz konlari ochilgan, Xitoy har yili taxminan 22 milliard kubometr gaz qazib oladi
Sharhlovchilar fikriga ko`ra, Sharqiy Turkistonni xitoylashtirish siyosati faol davom etmoqda. Xitoylarni Uyg`ur muxtor o¡¦lkasiga ko`chirish siyosati tufayli Sharqiy Turkiston aholisining asosi xitoylardan tashkil topmoqda.

Demografik tazyiq uyg`ur faollarini hukumatga nisbatan noroziligiga sabab bo`lmoqda, Xitoy hukumati bu norozilikni islom ektremizmi tahdidiga yo`ymoqda.

Yaqinda Xitoy hukumati ¡§Hizb ut-Tahrir¡¨ diniy guruhi faollashganini bildirgan, uyg`ur faollarining aytishicha, uyg`urlarda mazkur diniy oqim haqida tasavurning o`zi yo¡¦q.

Sharhlovchi Kamron Aliyev so¡¦zlariga ko`ra, uyg`urlar muammosi Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan ekspansiya (bosib olish siyosati) bilan bog`liq.

¡§Xitoyning demografik agressiyasiga nisbatan qanaqadir javob berilishi kerak. Agressiya davom etaversa, asosiy aholi xitoyliklarga aylanib ketishi mumkin. Uy`guriston deb atalmish mamlakatni hozir xitoylar avtonom rayon deb ataydi. U yerda katta gaz konlari ochilgan, Xitoy har yili 22 milliard kubometrga yaqin gaz qazib oladi. Afsuski, O`zbekiston uyg`urlarni himoya qilish uchun biror harakat qilayotgani yo`q¡¨, - deydi Kamron Aliyev.

O`zbekistonda, rasmiy ma`lumotlariga ko`ra, 200 mingan oshiq uyg`urlar istiqomat qiladi.

Qozoqlar, qirg`izlar, o¡¦zbeklar bir paytlar Sharqiy Turkiston uyg¡¦urlari bilan bir davlatda yashagan qardosh xalqlar, bugun o`z mustaqilligiga ega bu davlatlarda qo`shni uyg`urlarning huquqini qo`llash yuzasidan siyosat shakllanmagan.

Siyosiy sharhlovchi To`lanboy Qurbonovning aytishicha, O`zbekistonda uyg`urlar bilan munosabat rasmiy Pekinbilan aloqalardan kelib chiqqan holda rivojlamoqda.

¡§Masalan, O`zbekistonga Shinjon avtonomiyasidan delegatlar kelgan. O`zbekistondan ham shunday delegatsiyalar borgan. Uyg`urlar ko`p yashayotgan joylar bor, u yerda munosabarlar qarindosh¡Vurug`chilik asosida rivojlanmoqda. Mintaqaning boshqa davlatlari Qozog`iston, Qirg¡¦izistonda ham uyg¡¦urlar bilan munosabatlar shu yo¡¦sinda davom etmoqda ¡¨, - deydi To`lanboy Qurbonov.

Uning aytishicha, mintaqa davlatlari Xitoy bilan yaqin hamkorlik qilib keladi. Davlatlar Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo. Tashkilot doirasida uyg`urlar masalasi ayirmachilik yoki terorizm tahdidi sifatida muhokama qilinadi.

¡§Uyg`ur ayirmachilari degan narsa bor. Ular nega bunday qilayapti? Uyg¡¦ur bo¡¦lginchilari qo¡¦ygan talablarni Xitoy qonunchiligi, xalqaro qonunchilikka ko`ra tinch yo`l bilan hal qilish mumkin deb o`ylayman¡¨, -  deydi Qurbonov.

Sharhlovchi Kamron Aliyevning aytishicha, Shanhay Hamkorlik Tashkiloti faqat Xitoy yoki Rossiya manfaatlari uchun xizmat qiladi.

¡§Qudratli davlatlar tomonidan tuzilgan bu tashkilotda Xitoy yoki Rossiyaning bosimi kuzatiladi. Qo`llamasang, senga qarshi chora ko`ramiz deydi, shu sababli O`zbekiston lozim bo`lganda Xitoyni, kerak bo`lganda Moskvani qo`llashga majbur ¡¨, - deydi Aliyev.

O`zbekistonlik uyg`urlardan birining aytishicha, Uyg`uristonda bo`layotgan voqealar O`zbekiston jamoatchiligiga ma`lum emas.

Avvalroq uyg`ur harakati faoli, Kanada fuqarosi Husayn Jalil O`zbekistonda hibsga olinib, Xitoyga topshirilishi mahalliy faollar noroziligiga sabab bo`lgan edi.

Xitoy tomonidan diniy ekstremizmda ayblangan Husayn Jalil ayni paytda uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?