Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Amerikada prezident o'zgarishi O'zbekistonga nima ahamiyati bor?


01/08/2008

[insert caption here]

Respublikachilar partiyasi tomonidan AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan nomzod, senator Jon Makkeyn O`zbekistonga 2005 yilda AQSh va O`zbekiston aloqalari keskin sovuqlashgan paytda tashrif buyurgan edi.

O・sha paytda senator O・zbekiston prezidenti tomonidan qabul qilinmagan, ikki davlat o`rtasidagi aloqalar esa keskin bir davr edi.

Bugungi kunga kelib, AQSh-O`zbekiston aloqalari tiklanmoqda. 

Prezident Islom Karimov AQSh elchisini namoyishkorona qabul qildi, AQSh rasmiylarining O`zbekistonga tashrifi tezlashdi.Sharhlovchilar fikriga ko`ra, AQSh prezidentligiga kim saylanishi O`zbekiston bilan aloqalarda ahamiyatga ega emas.

:Chunki AQShdagi demokratiya chuqur ildizga ega. Prezidentning kelishi taqozo etadigan masala emas. Albatta O`zbekiston haqiqatda demokratik reformalar o`tkazsa, unda AQSh munosabati yaxshilanadi. AQShning O`zbekiston xalqiga munosabati juda yaxshi, O`zbekistonga yordam berishga tayyor va asosiysi shunday qudratga ega. Masala bizdagi ichki siyosatga bog・liq, ichki siyosat o`zgarmasa, AQShda kim prezidentlikka kelishining ahamiyati yo`q;, - deydi bu borada sharhlovchi Iskandar Xudoyberganov.

Uning aytishicha, tashqi siyosat masalasida Jon Makkeyin va Baraka Obama dasturlari o`rtasida farq kuchli emas, ayrim mayda tomonlarni hisobga olmaganda, dunyo miqyosidagi xavfsizlik siyosatida ham shunday.

:Siyosat; axborot tahlil markazi eksperti Sharofiddin To`laganov so・zlariga ko`ra, AQShda yangi saylangan prezident Amerikaning xalqaro miqyosdagi nufuziga alohida ahamiyat qaratadi.

:Tashqi siyosatda yangi bir yo`l ishlab chiqmasa, AQShning xalqaro obro`si tushib ketayotgani aniq, ayniqsa islom dunyosida;, - deydi ekspert.   

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?