Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Xitoy 16 politsiyachi o'limida uyg'urlarni ayblamoqda


04/08/2008

[insert caption here]

Xitoyning Shinxua axborot agentligi xabarlariga ko・ra, Shinjon uyg・ur muxtoriyatida politsiyachilarga hujum uyushtirilib, 16 nafari o・ldirilgan.

Olimpiya o・yinlariga mezbonlik qilayotgan Xitoy rasmiylarining aytishicha Shinjondagi musulmon terrorchilar xavfsizlikka jiddiy tahdiddir.

Voqea bugun 4 avgust tongda, Qashg・arda ro・y bergan. Bir necha shaxs axlat mashinasida politsiya uchastkasiga kirib, qo・lbola bombalar uloqtirgan. 14 politsiyachi voqea joyida, yana 2 nafari kasalxonaga olib ketilayotganda jon bergan.

Xurujda Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati a・zolarining qo・li bor, deb yozadi Xitoyning Shinxua axborot agentligi. Sal avval Pekin rasmiylari uyg・ur mustaqilligini talab qilib kelayotgan bu guruhni Olimpiya o・yinlari davomida qo・poruvchilik xurujlari rejalayotganlikda ayblagan edi.

Xitoy Olimpiya qo・mitasi so・zlovchisi San Veyde :musobaqalarda xavfsizlikni ta・minlash uchun barcha chora ishga solinadi; demoqda.

Xitoy politsiyasiga ko・ra, yil boshidan beri Shinjon uyg・ur muxtoriyatida qator terrorchi guruhlar fosh etilib, 80 kishi hibsga olingan. Ular katta shaharlarda xurujlar uyushtirish, chet ellik sportchi va jurnalistlarni o・g・irlashni rejalagan, deydi tergovchilar.

Yaqinda Turkiston Islomiy Partiyasi nomli guruh mazkur yili Xitoyda qator portlashlar uyushtirganini tan olgan edi. Xitoy hukumati bu da・volarni rad etmoqda. Tahlilchilar fikricha Olimpiya o・yinlari oldidan e・tibor qozonishga urinayotgan guruhlar ko・p, biroq terror xurujlari ehtimolini rad etib bo・lmaydi.

Rasmiy Pekin uyg・urlarga nisbatan keskin siyosatini terrorizmga bog・laydi. Jangarilar bizning davlatga qarshi hujumlar qilmoqda, deydi Xitoy rasmiylari. Inson huquqlari tashkilotlari fikricha esa Xitoy terrorizmni bahona qilib, Shinjon aholisini ezmoqda.

AQSh prezidenti Jorj Bush Olimpiya o・yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish qarorida qat・iy. :AQSh Olimpiya jamoasini qo・llab-quvvatlash uchun boraman;, - deydi Bush.

Tashrif davomida AQSh rahbari Xitoydagi huquq ahvoli yuzasidan xavotirlarini bayon qilishini aytgan. Ayrim qonunchilar hamda prezidentlikka nomzodlar o・yinlarni boykot qilishga chaqirgan edi.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?