Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Xitoy poytaxtida xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda

05/08/2008

Xitoyda shu hafta 29-Yozgi Olimpiya o'yinlariga start berilar ekan, AQSh prezidenti Jorj Bush Xitoy siyosatidan norozi ayrim faollar talabiga qaramay, Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etadigan bo'ldi.  

Asli xitoylik yozuvchi va jurnalist Sasha Gongning "Vashington Post" gazetasida chiqqan maqolasiga ko'ra, AQSh prezidenti Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida qatnashish uchun Pekinga borishni niyat qilgan ekan, fursatdan foydalanib Xitoy bilan axborot almashishni yo'lga qo'yishni taklif qilishi kerak.

Dissident yozuvchining aytishicha, AQSh jamoatchiligida Xitoy hayoti, madaniyati va xabarlari bilan gazeta va sun'iy yo'ldosh orqali tanishish imkoniyati bor. AQShda istiqomat qilayotgan xitoyliklar ham amerikaliklarni o'zi haqida xabardor qilib turadi, ammo Amerikadan Xitoyga axborot bormaydi, Amerika Ovozi dasturlariga radioefirda to'siq qo'yiladi, Internet sahifalarini ochib bo'lmaydi.

Buning natijasida, deb yozadi muallif, xitoyliklar AQSh haqida noto'g'ri tasavvurga ega bo'lmoqda. Xitoy matbuoti Amerika haqidagi axborotni asosan salbiy ko'rinishda yetkazadi. Shu sabab Jorj Bush Xitoyga safari chog'ida hukumatni Amerika Ovozi kabi AQSh dasturlarini qabul qilishga undashi zarur, deydi Sasha Gong.

"Vashington Tayms"ga ko'ra Bushning xitoylik dissidentlarni qabul qilgani rasmiy Pekinda norozilik uyg'otgan. AQSh prezidenti sport musobaqalarini tomosha qilishdan tashqari, deb yozadi gazeta,  inson huquqlari va diniy erkinliklar masalasini ko'taradi. Xitoylik dissidentlarning prezident Bushga aytishicha, AQShda ko'plab rasmiy Pekin josuslari harakatlanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2005 yildan beri Xitoy josuslari bilan bog'liq kamida 16 hol aniqlangan. Ular nafaqat Xitoy rejimiga qarshi faollarni kuzatadi, balki iqtisodiy va texnologik josuslik bilan ham shug'ullanadi. Bush bilan uchrashgan faollar orasida uyg'urlar ozodligi harakati yetakchisi Robiya Qodir ham bo'lgan.

AQShda chiqadigan yana bir gazeta "Nyu-York Tayms" ham Xitoy va Olimpiada mazvularini chetlab o'tmagan. Unga ko'ra musobaqa davomida poytaxtni 300 mingga yaqin xavfsizlik kameralari nazorat qiladi. Xitoy nazarida mamlakatdagi ba'zi guruhlar Olimpiya o'yinlari davomida terror xurujlari uyushtirmoqchi. Ularning asosiysi ˇV Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati. Hukumat nazarida so'nggi paytdagi xurujlarning aksariyati ana shu guruh tomonidan amalga oshirilgan.

Poytaxt xavfsizligini ta'minlash maqsadida ba'zi viloyatlardan aholining Pekinga kelishi cheklangan. Uyg'urlar to'planadigan joylar nazorat ostiga olingan. Olimpiya majmualari atrofidagi uyg'ur restoranlari yoptirilgan. Uyg'urlar yashaydigan Shinjon viloyatidan yer, temir yo'l va havo transport vositalari qattiq tekshiruvdan so'ng viloyat tashqarisiga chiqarilmoqda, deyiladi "Nyu-York Tayms"dagi maqolada.

Poytaxt xavfsizligini ta'minlash uchun 34 ming harbiy, 74 ta samolyot, 47 ta vertolyot va 33 ta harbiy kema jalb qilingan. Pekin bo'ylab qatnaydigan 18 mingga yaqin avtobusda 6 ming, temir yo'l va avtobus bekatlari va stansiyalarida esa yana qo'shimcha 30 mingga yaqin xavfsizlik xodimlari xizmat qiladi.

Xitoy xavfsizlik choralariga 6,5 milliard dollar sarflagan. Tanqidchilar nazarida Olimpiya o'yinlaridan so'ng xavfsizlik kameralari kommunistik mafkuraga qarshi bo'lgan fuqarolarni nazorat qilish uchun ishlatiladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?