Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Olimpiya o'yinlari siyosiy tus olmoqda

06/08/2008
Lavhaning audio ko'rinishi - Download (WM) audio clip
Lavhaning audio ko'rinishi  - Tinglang (WM) audio clip

Xitoy Shinxua davlat axborot agentligiga ko・ra, Pekinda Tibet ozodligiga chaqiruvchi ulkan lavhalarni ko・tarib turgan to・rt nafar chet ellik hibsga olingan. Ular transparantlarni asosiy Olimpiya stadioni yonida yozgach ushlangan. Nyu-Yorkda joylashgan :Ozod Tibet uchun talabalar; uyushmasi hibsga olinganlar ularning amerikalik va britaniyalik a・zolari ekanini aytgan.

Qo・shma Shtatlar konkida yugurish bo・yicha Olimpiya chempioni va Darfur bo・yicha faol Joi Chikka Pekinga borish uchun viza berilmaganidan Xitoyga rasmiy norozilik bildirmoqda. Chik va yana bir necha amerikalik sportchilar Darfur Jamoasi deb nomlanuvchi guruh a・zolari. Ular Sudanning bu mintaqasidagi zo・ravonliklarga qarshi kampaniya olib boradi.

Joi Chik 2006 yilda Qishki Olimpiya o・yinlarida oltin medalni qo・lga kiritgan. U Pekinga Darfur Jamoasiga a・zo boshqa sportchi do・stlarini qo・llab-quvvatlash uchun bormoqchi bo・lgan. Xitoy Sudanning eng yirik sarmoyachilaridan hisoblanadi. Xabarlarga ko・ra, Darfurda 2003 yili isyonchi guruhlar hukumatga qarshi qo・zg・olon ko・targanidan beri 200 mingga yaqin kishi o・lgan, ikki yarim millioni uy-joylarini tashlab chiqishga majbur bo・lgan. 

Pekinda Yozgi Olimpiya o'yinlari oldidan kuchli xavfsizlik choralari ko'rilar ekan, Xitoy hukumati Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatida radikal islomiy kuchlar faollashganini aytmoqda. Bir necha kun burun Qashg'ar shahrida 16 nafar politsiyachining o'limiga olib kelgan xurujda Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati gumon qilinadi. Guruh AQShning terrorchi tashkilotlar ro'yxatiga kiritilgan. Qashg'ardagi xurujni qoralagan xorijdagi uyg'ur faollari rasmiy Pekin da'volarini rad etib, Xitoy terror bahonasida uyg'urlarni ta'qib qilmoqda deydi. 

Bu haqdagi to'liq lavhani tinglang.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?