Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Umumiy Turkiston hamon orzuligicha qolmoqda


09/08/2008

[insert caption here]

Turkiston xalqlarining birlashishi shoir, yozuvchilar, millat ziyoliarining azaliy orzusi bo`lib kelgan. 

O`tgan asr boshlarida Turkiston birligi uchun kurashgan millatning yuzlab fidoiylari qatl etildi. 

Biroq Turkiston birligi haqidagi orzu millat ziyolilarining keyingi avlodiga meros bolib o`tdi. Bu avlod hamon ana shu umumiy makonni qo¡¦msab, umid bilan yashamoqda.

¡§Ajab mudhish qora tun, kafan tutar,

  Bir zamon tinmaydir izg`irar shamol.

  Daryo ko`piradir, odamni yutar,

  U go`zaldir, u irganchdir, u xayol.

  Riyozat qamchisi kabi savaydir,

  Alkan yom`gir buzg`un tanizorimni,

  Ulug` Turkistonni kimlar sevmaydi,

  Fur¡¦avnlar sevmas sening boringni¡¨.    

Rauf Parfining Abdurauf Fitratga bag`ishlangan bu she`ri bir qarashda o`tgan asrda Turkiston boshida turgan qora bulutlar haqida yozilgandek. Biroq Rauf Parfining o`zi ham Fitrat singari Turkiston haqidagi orzular bilan yashadi, shu xayol bilan hayotdan o`tdi, Turkiston birligini ko`rish unga nasib etmadi.

¡§Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, yerimiz bosildi, molimiz talandi, nomusimiz g`asb qilindi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi, to`zimli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyruqqa bo`ysindik, butun borlig`imizni qo`ldan berdik, yolg`iz bir fikrni bermadik, yashirdik, emgaklarimizg`a  o`rab, saqladik - Turkiston muxtoriyati!¡¨

Abdurauf Fitrat bu iztrobli satrlarni o`tgan asrning yigirmanchi yillarida mustamlaka ostida ezilgan Turkiston tuprog`ida muxtoriyat tiklash imkoniyati tug`ilgan bir paytda yozgan edi.

Oradan bir asrdan ko`proq vaqt o`tdi. Turkiston tuprog`ida besh mustaqil respublika paydo bo`ldi, biroq Turkiston birligi haqidagi orzu orzuligicha qolmoqda.

¡§Vatan - bu turkiy birlik¡¨ deydi shoir Yo`ldosh Eshbek:

¡§Yana Turkiston bo`lsa deyman. O`zbekiston, jonajon vatanimiz ozod va obod bo`lgani holda bizning uyimiz Turkiston bo`lganda men o`zimni baxtiyor his etgan bo`lardim¡¨.

90-yillar o`rtalarida mintaqa xalqlari, ziyolilar umidli, quvonchli bir kayfiyatga berildi. Turkiston o`ylari xayoliy orzulardan reallikka yaqinlashayotgan edi.

Toshkent mintaqa davlatlari prezidentlari, siyosatchilari, ziyolilarini qabul qildi. Turkiston bayramiga aylangan bu uchrashuvda hatto o`sha paytlarda butun dunyo bilan aloqalarini to`xtatgan Turkmaniston vakillari ham hozir bo`ldi.

Biroq Turkiston haqidagi umidlar uzoqqa cho`zilmadi, qardosh xalqlar birlashish yo`lidan emas, tarqoqlashish tomon ketdi, Turkiston g`oyasi yana xayollarga ko`chdi.

Sovet davrida bosimga qaramasdan Turkiston g`oyasini o`z qo`shiqlari, she`rlarida kuylab, avlodlarga yetkazgan hofiz Dadaxon Hasan:

¡§Turkiston g`oyasining ravnaq topmayotgani sababi, bugun Turkistonning, turkchilikning dushmanlari ko`p. Tarix yana bekildi, qadimgi sovet davrida ham yoshlarimizga o`qitishmas edi. Kimligini bilib qolmasin, ko`zi ochilmasin, ota-bobolarini tanib qolmasin deb tarixni bekitishgan edi. Bugun ham shunday¡¨.

Shoir Yo`ldosh Eshbek turk qavmlarining bugungi tarqoqligini faqat adabiyot bilan yengish mumkin deb hisoblaydi:

¡§Plakatlar, shiorlar bilan bo`ladigan narsa emas. Bu juda katta, ulug` tuyg`u. Ulug` odamlar hamdamligida, hamfikrligida yaxshi jarayonlar bo`lishi mumkin. Dangalini aytadigan bo`lsam, shoir, yozuvchilarning uchrashuvi kerak. Bu narsa bo`lmayapti, xabarim bo`lmasligi ham mumkin emas. Ilgari Aytmatovlar, O`ljaslar, Anorlar, qarindosh xalqlarning boshqa buyuk adiblari kelganida hamma bilar edi. Bu uchrashuvlar bayram bo`lib ketar edi. Bu yoshlarga, ayniqsa, Turkiston dardi bilan yonayotganlarga ko`tarinkilik baxsh etardi, bu narsalar qolib ketdi¡¨.

Dunyo xaritasida Turkiston degan mamlakatni ko`rish istagida yashayotgan shoirlardan biri To`ra Mirzo:

¡§Borgan sari olislashib keatayapmiz. Agar muloqot bo`lmasa, Turkiston shunchaki nom bo`lib qoladi, xolos. Turkiston g`oyasi chetga chiqarib bo`lmaydigan, har bir millatni qon tomiridan joy olgan g`oya bo`lib qolishi kerak. Shundagina bu millatlar yuz yillardan keyin ham o`zligini saqlab qoladi. Bo`lmasa, mana 3-4 millionlik Qirg`izistonning oldida 1,5 milliard aholisi bor Xitoy turibdi. Yoki Tukmaniston, Tojikistonni oling. O`zim Namangan viloyatida tug`ilganman, Qir`giziston bilan chegara tortilishi shunga olib keldiki, aka-ukalar chegaraning ikki tomonida qolib ketdi, akasi ukasinikiga borish uchun qog`oz to`ldirib, ruxsat so`rashi kerak¡¨.

Turkiston g`oyasi o`tgan asr boshida o`zbek xalqiga Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho`lpon kabi ma¡¦rifatparvar farzandlarini berdi, turkchilik harakati o`laroq Turkiston o`z ozodligi uchun kurasha boshladi.

Qonli fojealar, qatliom bilan yakunlangan bu ozodlik kurashi sovet davrida qabriston sukutiga cho`mdi, millat o`z qahramonlarini unutib yashadi, turkchilikni anglash jinoyatga tenglashtirildi.

Qudratli qizil imperiya qulash alomatlarini bera boshlar ekan, imperiyaga bo`ysindirilgan xalqlarda erkka intilish kuchaydi, bu fursatda ham turkiy xalqlarga kuch bergan omil yana Turkiston g`oyasi bo`ldi.

Behbudiy, Fitrat Cho`lponlar sovet davrida o`zligini saqlab qolgan shoir- yozuvchilar orqali millatga qaytarildi.

¡§Fosiqalar ko`rinar sochlari olov,

 Ivirsir gumrohlar ko`zi, qo`li qon.

 Turkiston, Turkiston, mukarram yaylov,

 Rad etdimmi seni, qoldimmi bejon.

 Amalim shamlari so`ndimi ona,

 Tilagim yulduzi to`ndimi, ona.¡¨

Turkiston go`yasi qancha sog`inilmasin, qanday timsollarda aks etmasin, u orzuligicha qolmoqda, orzuning asrlarga tenglashgan bu uzoq yo`li esa bugun o`z natijalarini bermoqda.

Shoir To`ra Mirzo:

¡§Ayrim yosh yozuvchilar, san`atkorlar yoki boshqa kasb egalariga Turkiston desangiz istehzoli kulib qo`yadi. Ular Turkiston birligi kerakligini anglab yetmagan. Biz nega 80-yillarda shu tuyg`u bilan yondik? Beshta respublika birlashib, bir musht bo`libgina ozodlikka chiqish mumkinligini tushundik. Bu har bir ziyolining burchi bo`lishi kerak, chunki millatning ertaga kim bo`lishi haqida gap ketmoqda. Cho`lpon, Fitrat, Rauf Parfini qiynagan narsa shu tuyg`u.¡¨

Professor, tilshunos olim Qozoqboy Mahmudov shunday kuyunadi:

¡§12-asrdagi turkiy tavqimlarni tayyorlaganman. Shogirdlarim eplay olmayapti, o`qigan, filologiyani bitirganlar. Tariximizning ildizlari, zotimiz, tag-tugimiz, madaniyatimiz - bu O`zbekiston bo`yicha muammo qilib qoyadigan masala¡¨.

O`zbeklar turkiy o`zlikdan tobora uzoqlashmoqda deydi tilshunos olim Baxtiyor Isabek:

¡§Bizda umumturkiylik tuyg`usi bo`lishi kerak. Hukumat agar bunga bosh qo`shsa, oson kechardi. Chunki bu tuyg`u O`zbekistonda ¡§o`zbeklar turk emas¡¨ degan kurakda turmaydigan tushuncha bilan ham to`qnashadi¡¨.

Bugun o`zbek adabiyoti ham tarix kabi uyquda deydi hofiz Dadaxon Hasan:

¡§Turkiy millatga mansub ekanligini bilganlar bor, lekin ular namoyon bo`lmayapti, chunki adabiyotning o`zi yo`q. Bir tarbiyaga, adabiy muhitga qaraydigan yozuvchilar uyushmasining o`zi yo`q. Ustozlar qayerda qoldi? Shogirdlar qayerda? Bilmaymiz hozir¡K¡¨

Shoirlardan birining qiyosiga ko`ra, agar Behbudiy, Fitrat, Cho`lponlar bugun hayot bo¡¦lgan taqdirda, ularning Turkiston haqidagi o`ylari yanada qayg`uli tus olgan bo`lardi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?