Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Urushda Gruziyadan o'tadigan neft quvuriga zarar yetmagan

12/08/2008

Click to enlarge

Ayrim mutaxassislar fikricha, Rossiya Gruziyaga qarshi Janubiy Osetiya sabab emas, balki yonilg・i quvurlari ustidan urush boshlagan. 

Boku-Tbilisi-Jayhun quvuri - jahonning eng zamonaviy va uzun neft ta'minoti tizimlaridan biri. 

1600 kilometrlik quvur Ozarbayjon neftini Rossiyani chetlab o・tgan holda Gruziya va Turkiya orqali G・arbga uzatadi.

3 milliard dollarlik quvur ikki yil burun ishga tushgan. Undan kuniga 850 ming barrel neft o・tadi. Neft Kaspiy dengizidan keladi. 

Germaniyaning Kyoln shahrida yonilg・i masalalari bo・yicha tahlilchi Aleksandr Vostmanning aytishicha, quvur na Rossiya va na Eron orqali o・tadi. Shu sabab loyiha nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy tus ham olgan.

G・arbiy Yevropa neft va gazning asosiy qismini Rossiyadan oladi. Ammo strategik sabablarga ko・ra, yonilg・i olishning muqobil yo・llarini ham izlagan. Boku-Tbilisi-Jayhun quvuri AQSh hukumati yordamida G・arb tomonidan qurilgan.

Gruziyadagi mojaro hozircha quvurga zarar yetkazmagan. Shunga qaramay uning bir qismi yopilib so・nggi bir necha kun ichida quvur orqali neft o・tmagan.

Ba・zi mutaxassislar Rossiya harbiy harakatlari bilan raqobatga zarba bermoqda desa, vashingtonlik mutaxassis Deyvid Kirsh fikricha, gap faqat yonilg・i haqida emas.

"Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziyadagi manfaatlarini himoya qilishga urinmoqda. G・arbning yonilg・i bobidagi manfaatlarini nishonga olmagan",- deydi Kirsh.

Gruziyadagi mojaroga qaramay neft narxi jahon bozorida so・nggi uch haftadan buyon tushib bormoqda. Bunga asosiy sabab Shimoliy Amerika va G・arbiy Yevropada neftga bo・lgan talabning keskin pasaygani ko・rsatilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?