Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Kavkazda urushdan jabr ko'rgan insonlar ko'mak kutmoqda

14/08/2008

[insert caption here]

Xalqaro Qizil Xoch Qo・mitasi hisobiga ko・ra, Gruziyaning mojaroga botgan hududlarida o・n minglab odamlar yordamga muhtoj, jumladan Janubiy Osetiyada.

Vaziyat kundan-kunga og・irlashmoqda. Qizil Xoch boshqa davlatlarni faol bo・lishga chaqirmoqda.

Xalqaro Qizil Xoch Qo・mitasiga ko・ra eng katta muammolardan biri bu urushdan azob chekkan odamlarga yetib bo・lmayapti. 

Ular Gruziya va Rossiya qo・shinlari o・rtasida qolib ketgan. Hudud infratuzilmasi ishdan chiqqan.

Qo・mita so・zlovchisi Anna Nelsonning Amerika Ovoziga aytishicha, urush jabrdiydalaridan tashqari yana 60 ming odam yordamga muhtoj.

Gap suv va sanitariya ehtiyojlari haqida ketmoqda. Mojaro zonalaridan poytaxt Tbilisiga ko・plab odamlar boshpana istab ko・chgan. 

Hukumat aeroport va boshqa ochiq joylarda palatkalar o・rnatmoqda. Ba・zilar davlat idoralariga qarashli binolarda turibdi. Ana shunday odamlarni ichimlik suvi va sanitariya vositalari bilan ta・minlash zarur, deydi Nelson.

[insert caption here]

Qizil Xoch Qo・mitasi mutaxassislari beqarorlik sabab o・z ishini bajara olmayapti. Nelsonga ko・ra, ular chorshanba kuni Goriga borgan, ammo odamlarni vahimaga solgan havo trevogasi tufayli u yerni tark etishga majbur bo・lgan.

Xodimlarimiz Gorida ikkita kasalxonada bo・ldi. Ulardan biri bo・sh edi. Odamlar evakuatsiya qilingan. Shahar vayron bo・lgan, deydi Anna Nelson.

Ma・lum bo・lishicha, Norvegiya Qizil Xoch Qo・mitasi Tbilisiga 20 o・rinli ko・chma kasalxona yubormoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?