Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Pokiston yangi prezidentni saylashga tayyorlanmoqda

22/08/2008

[insert caption here]

Pokiston Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarini 6 sentyabrga belgilagan. 

Nomzodlar kelasi haftagacha ro・yxatdan o・tishi zarur.

Pokiston Xalq Partiyasi rahbari, sobiq bosh vazira Benazir Bxuttoning turmush o・rtog・i Osif Ali Zardariy prezidentlikka da・vogar. 

Bu saylovlar koalitsion hukumat uchun sinov bo・ladi.

Koalitsion hukumat oldida qator muammolar turibdi. 

Kelasi hafta Pokiston parlamenti ishdan bo・shatilgan sudyalar masalasini ovozga qo・yadi.

Sobiq prezident Parvez Musharraf o・tgan yili 40 dan ziyod sudyani ishdan bo・shatgan.

Pokistonning AQShdagi elchisi Husayn Haqqaniy ta・biricha, Musharraf o・zini qonundan ustunman, bu tartib-qoidalar menga taaluqli emas, deb o・ylagan.

Musulmonlar Ligasi rahbari Navoz Sharif sudyalar lavozimga qaytarilmasa, koalitsion hukumat tarkibidan chiqishini aytmoqda.

Koalitsion hukumat parchalansa, yadro quroliga ega bu davlatda beqarorlik yanada avj olishi mumkin. Elchi Haqqaniy Pokiston siyosiy tizimi zaif ekanini tan oladi.

[insert caption here]

Pokiston koalitsion hukumati demokratik davlat qurish uchun birga ishlashi zarur, deydi u. Harbiylar va siyosatchilar o・rtasidago adovatni tugatish mumkin. Harbiy qo・zg・olon natijasida kelgan rahbar o・z ixtiyori bilan ishdan bo・shadi. Bunaqasi hali Pokiston tarixida bo・lmagan, deydi elchi.

Terrorizmga qarshi kurashda Parvez Musharraf AQShning yaqin sherigi edi. Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G・iloniy Al-Qoida va Tolibonga qarshi kurash davom etadi demoqda.

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo・yicha bosh diplomati Richard Boucher Vashington yangi hukumat bilan ishlashga tayyor deydi. :Demokratik ravishda yangi prezident saylanadi va koalitsiya xalq farovonligi yo・lida ishlay boshlaydi deya umid qilamiz;,- deydi Boucher.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz