Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Rossiya NATO bilan hamkorlikni to'xtatdi

22/08/2008

[insert caption here]

Rossiya armiyasi Gruziyaning Gori shahrini deyarli tark etgan. Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev harbiylar juma, ya・ni bugunga qadar mamlakatdan ketadi deb va・da bergan edi.

Ammo AQSh generali Jon Kreddokning aytishicha, rus askarlari juda sekin harakatlanmoqda. Ayrim manbalarga ko・ra, harbiylar Gruziyaning Poti bandargohi tevaragida handaq qazish bilan band. 

Rossiya generali Vladimir Boldirev ta・biricha, askarlar Janubiy Osetiya yaqinida nazorat-tekshiruv punktlari qurishga yordam bermoqda, shu sababli ular hududda yana biroz qolishga majbur.

Rossiya NATO bilan harbiy hamkorlikni to・xtatgan. Shimoliy Atlantika harbiy alyansi Kremlga Rossiya qo・shini Gruziyadan butunlay chiqib ketsin deya shart qo・ygan. Bush nazarida Rossiya bergan va・dasiga amal qilmayapti.

O・tgan hafta NATO O・rtayer dengizdagi harbiy mashqlarga Rossiya kemalarini jalb qilmaslikka ahd qilgan edi. Oy Uy rasmiysi Gordon Jondro fikricha, Rossiya qarori uncha muhim emas.

Uning aytishicha, ikki tomonlama hamkorlik ancha avval sustlashgan. Jondroning aytishicha, Qo・shma Shtatlar Rossiya bilan aloqani tiklash tarafdori, ammo rasmiy Moskvaning hozirgi harakatlari bunga to・sqinlik qilmoqda.

2002 yilda Rossiya va NATO bitim imzolab, raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi, dengiz harbiy flotini mustahkamlash bo・yicha hamkorlik va Afg・onistonda qoradori savdosiga qarshi birgalikda kurashishga kelishib olgan edi.

G・arbda norozilik uyg・otayotgan yana bir masala - Rossiya Janubiy Osetiya atrofida 500 ga yaqin askari turishini bildirmoqda.   

AQSh rasmiysi Gordon Jondro deydiki, Rossiya urushdan avvalgi pozitsiyaga qaytishi lozim va o・zga yurtda o・zi bilganicha ish tuta olmaydi.

AQSh nazarida Janubiy Osetiya va Abxaziya Gruziyaning tarkibiy qismi va Rossiya bu hududlarga da・vo qila qila olmaydi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov :Gruziya bu bo・lginchi hududlar haqida unutsa ham bo・ladi; deydi. Rossiya Federatsiya Kengashi kelayotgan dushanba mazkur ikki mintaqa mustaqilligini tan olish masalasini muhokama qiladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi