Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Qirg'izistondagi havo halokatida qariyb 70 kishi nobud bo'lgan

25/08/2008

Rescuers work near destroyed plane fuselage some two kilometers outside Bishkek's Manas airport late on 24 Aug 2008

Qirg・iziston xalqi 24 avgust kechasi yuz bergan havo halokatida nobud bo・lgan insonlarga motam tutmoqda. 

O'lganlar soni qariyb 70 nafar va rasmiylarning aytishicha, bu raqam hali yana oshishi mumkin. 

Prezident Kurmanbek Bakiyev voqeani "mustaqil Qirg・iziston tarixidagi eng dahshatli fojialardan biri",- deya qayd etgan.

Tehronga yo・l olayotgan Boeing-737 rusumidagi samolyot yakshanba kechasi Bishkek yaqinida qulab, ichidagi 90 kishidan aksariyati halok bo'lgan.  

[insert caption here]

Passajirlardan 24 nafari Qirg・iziston fuqarosi bo'lgan. 52 nafari eronlik. Qolganlar esa Qozog・iston, Xitoy, Turkiya va Kanadadan deydi rasmiylar.  

Halokatga texnik muammolar sabab bo・lgan. Uchuvchi qo・nishga harakat qilgani ma・lum.

[insert caption here]

 

Hukumatning bildirishicha, AQShning Manas havo bazasida joylashgan harbiy kuchlari yong・inni to・xtatish va tibbiy xizmat ko・rsatishda yordam bergan.

[insert caption here]

Halokatga uchragan samolyot 1979 yilda ishlab chiqarilgan. 

Xavfsizlik talablariga javob bermagani bois uning Yevropa Ittifoqiga uchishi man etilgan.

Qirg・iziston rasmiylarining ta'kidlashicha esa "Itek Air" aviakompaniyasiga tegishli bu vosita bir necha kun avval tekshiruvdan o・tganida uchishga yaroqli ahvolda deb topilgan. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi