Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Barak Obama - "Amerikaning azaliy orzusi"

28/08/2008

Sen. Barack Obama walks on stage during the Democratic National Convention in Denver, 27 Aug. 2008

AQSh tarixiy damlarni boshdan kechirmoqda. Mamlakatda ilk bor prezidentlikka qora tanli arbob nomzod sifatida ma'qullandi. 

47 yoshli Barak Obama bilan deyarli ikki yil nomzodlik uchun kurashgan Xillari Klinton Demokratik partiya qurultoyida safdoshlaridan sobiq raqibining prezidentlikka rasman ko'rsatilishini so'radi.

"Kelajakka umid bilan, birdamlik va g'alaba uchun, partiyamiz va yurtimizga sodiq holda, Barak Obamani nomzodimiz  deb tan olaylik, chunki bugun faqat u AQShni boshqara olishga qodir inson",- deya undadi Klinton. 

Sen. Hillary Rodham Clinton, center, calls for the nomination of Sen. Barack Obama by acclamation at the Democratic National Convention in Denver, 27 Aug 2008

AQSh Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosi yetakchiligida demokratlar bir ovozdan Klintonning chaqirig'ini ma'qulladi.

AQShning 232 yillik tarixida hech bir siyosiy partiya afro-amerikalikni prezidentlikka ravo ko'rmagan. 

Asrlar davomida qul sifatida sotilgan, ekspluatatsiya qilingan va kamsitilgan, hatto bugungacha jamiyatda teng huquqli fuqaro sifatida o'z o'rnini topishga qiynalayotgan qora tanlilar  uchun Obamaning tanlanishi nafaqat faxr, balki ularning avlodlariga armon bo'lib qolgan orzuning ro'yobga chiqishidir.  

Barak Obamaning tarafdori bo'lgan va bo'lmagan barcha amerikaliklar nazarida bugun Amerika uchun yangi sahifa ochilmoqda.

Obama 2004 yilda AQSh Senatiga saylangan. Gavayi orollarida tug'ilgan. Onasi oq tanli, otasi esa Keniyadan bo'lgan. Oila ajrashib ketgach, bobosi va buvisi qo'lida katta bo'lgan. 

Obama Amerikaning yetakchi oliygohlarida o'qigan. Jamoatchi faol sifatida kambag'al oilalar bilan ishlagan. Illinoys shtatida qonunchi bo'lgan. 

Yaqingacha ham rafiqasining Obamaga mag'lub bo'lganini ochiq tan olmagan sobiq prezident Bill Klinton, "Barak bu diyorimizning asl farzandi", - deydi. 

Former President Bill Clinton addresses the crowd as he takes the stage during the Democratic National Convention in Denver, 27 Aug 2008

"Barak Obama uchun AQSh konstitutsiyasi eng oliy nizom. U bu yurtga g'amxo'rlik qilib, uni har tomonlama himoya qila oladi. Unga ishoning va ergashing",- deydi Bill Klinton.

Barak Obama vitse-prezidentlikka keksa va tajribali senator Jo Baydenni tanlagan.

Jo Bayden amaldagi prezident, respublikachi Jorj Bushni AQShni egri yo'lga yetaklaganlikda, tashqi siyosatni eplay olmaganlikda, iqtisodiy tanazzulga olib kelganlikda ayblaydi. 

"Amerika nurli kelajak istasa, bu safar demokratlarni Oq Uyga saylaydi",- deydi Bayden.

Sen. Barack Obama, (r), and Democratic vice presidential candidate, Sen. Joe Biden at the Democratic National Convention in Denver, 27 Aug 2008

"Amerikani to'g'ri yo'lga yetaklab, xalqimni xavfsizlik, to'q va farovon hayot sari yo'naltirish hayotiy maqsadim",- deydi Barak Obama. 

Nomzod qurultoy oxirida 85 mingga yaqin amerikalik oldida so'zlab, respublikachi raqibi senator Jon Makkeynni Amerika oldida turgan jamiki masalalar bo'yicha bahsga chorladi.  

Makkeyn kelasi hafta o'z partiyasi qurultoyida so'zga chiqib, xalqdan uni prezidentlikka saylashni so'raydi. Saylov 4 noyabrda o'tadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Amerika qora tanli prezidentga tayyormi?
Amerikada prezidentlik poygasi - avlodlararo kurash
Jon Makkeyn: AQSh xavfsizligi birinchi o'rinda
Barak Obama prezident bo'lsa, "dushmanlar" bilan gaplashadi
Barak Obama - demokratlardan prezidentlikka nomzod
Irq va jins: Amerika yangi davr bo'sag'asida
 
  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi