Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Xitoy Rossiya harakatlaridan tashvishda

28/08/2008

Russian President Dmitry Medvedev (L) speaks at a meeting of the Shanghai Cooperation Organisation (SCO) in Dushanbe, 28 Aug 2008

Rossiya rahbari Dmitriy
Medvedev 28 avgust kuni Dushanbeda Shanhay Hamkorlik Tashkiloti sammitida so・zlar ekan, mamlakati Gruziya bilan bog・liq mojaroda uning bu tashkilotdagi hamkorlariga tayanadi va bundan minnatdor ekanini aytdi.

Sammitda qabul qilingan deklaratsiyaga ko'ra, a・zo davlatlar Rossiya-Gruziya tinchlik sulhini qo・llab-quvvatlaydi.  

Anjumanda xalqaro terrorizmga qarshi kurash, xavfsizlik, erkin savdo va sarmoya kiritish orqali aloqalarni mustahkamlash kabi mavzular ko・rilgan va qator hujjatlar imzolangan.

[insert caption here]

Unda qatnashgan mintaqa rahbarlari nazarida Kreml va Tbilisi ziddiyatni muzokara yo・li bilan hal qilishi zarur. Biroq Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligi yuzasidan aniq munosabat bildirilmagan.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga Xitoy, Rossiya, Qozog・iston, Qirg・iziston, Tojikiston va O・zbekiston kiradi. Mog・uliston, Pokiston, Eron va Hindiston kuzatuvchi maqomiga ega.

Xitoy Rossiyaning Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olganidan tashvishda. Xitoy uchun hududiy yaxlitlik nozik masala.  

[insert caption here]

Chunki mamlakat Tibet va uyg・ur ozodlik harakatlariga qarshi kurashib keladi va o・z-o・zini boshqaruvchi Tayvanni hamon o・z hududi deb hisoblab, uning alohida davlat sifatida tan olinishiga qa・tiyan qarshi.  

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so・zlovchisi Kin Gangning aytishicha, Xitoy Janubiy Osetiya va Abxaziya murakkab tarixga ega ekanini biladi. 

"Mojaroni hal etish oson emas, ammo uning muzokaralar orqali yechim topishini istaymiz, qurolli to・qnashuvlar orqali emas",- deydi Xitoy rasmiysi.

Rasmiy Pekin Shanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy maqsadlaridan biri separatizmga qarshi kurash ekanini eslatmoqda. Rossiya bo・lginchi hududlarni tan olib, bu tashkilot nizomiga qarshi ish tutayotgan bo・lishi mumkin.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz