Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQSh: Gruziyaga harbiy emas, iqtisodiy yordam beriladi

04/09/2008

US Vice President Dick Cheney (L) shakes hands with Georgian President Mikheil Saakashvili in Tbilisi, 04 Sep 2008
Cheyni va Saakashvili           Tbilisi, 4 sentabr, 2008
AQSh vitse-prezidenti Dik Cheyni (Dick Cheney) Tbilisida Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili bilan muloqot qilgan. Cheyni fikricha Rossiya, Gruziyaning hududiy yaxlitligiga tahdid solib, uning chegaralarini o・zgartirishga urinmoqda.

Kecha Bokuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan AQSh vitze-prezidenti Dik Cheyni bugun Gruziya rahbari Mixail Saakashvili bilan muloqoti chog・ida bu mamlakatning NATOga a・zo bo・lib kirishiga yordam beramiz deya yana bir bor ta・kidladi. 

Cheynining Ozarbayjon, Gruziya va Ukrainaga safaridan asos maqsad ularni Rossiya bosimiga qarshi quvvatlash.

[insert caption here]
Kondoliza Rays
Bush ma・muriyati, Rossiya bilan urushda katta zarba yegan Gruziya iqtisodiyotini tiklash uchun jami bir milliard dollarlik yordam ko・rsatadi. 

AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays (Condoleezza Rice) nazarida Rossiya Gruziyaning demokratik tuzumini barbod qila olmadi. 

"Bu mamlakatga urush ochib",- deydi Rays. "Kreml yirik xalqaro muassasalarga qo・shilish imkoniyatlarini cheklab qo・ydi". 

:Rossiya maqsadiga erisha olmadi, Gruziyada hali ham demokratya hukmron. Rossiya hukumati Gruziya tarkibidagi Janubiy Osetiyada va Abxaziya mustaqilligini tan olganiga qaramay xalqaro jamoatchilik Gruziyani qo・llab-quvvatlaydi;,- deydi AQSh Tashqi ishlar vazirasi.

Amerika rasmiylarining aytishicha Tbilisiga beriladigan yordam paketi faqat iqtisodiy maqsadlarni ko・zlaydi. 1 milliard dollarning 570 millioni shu yil oxirigacha berilsa, qolgani AQShning yangi rahbariyari tomonidan topshiriladi, deydi Kondoliza Rays. 

4 noyabrda Amerika yangi prezident uchun ovoz beradi. "AQSh Kongressidagi respublikachi va demokratlar Gruziyaga nisbatan siyosatdan hamfikr", - deydi davlat kotibasi.

[insert caption here]
Metyu Brayza
Rossiya Vashingtonni Gruziyadagi mojarolar ortida turganlikda, Saakashvilini ko・r-ko・rona quvvatlayotganlikda ayblar ekan, AQShning Kavkaz masalalari bo・yicha bosh diplomati Metyu Brayza (Matthew Bryza) "Kreml tanqidlari asossiz" deydi.

"Gruziya Janubiy Osetiya ma・muriy markazi Sxinvaliga hamla qilib xato qilgan. Buni tan olamiz. Lekin urushga Rossiyaning bu mintaqada olib borayotgan noqonuniy siyosati sabab bo・ldi. Rossiya harbiylari himoyasidagi Janubiy Osetiya  provakatsiyaga berilib, Gruziyani harbiy harakat boshlashga majbur qildi;, - deydi AQSh diplomati.

Uning aytishicha, Janubiy Osetiya rahbariyati va harbiy qo・mondonlari Rossiya tomonidan tayinlangan odamlardir.

Kreml AQShni Gruziya armiyasini qayta oyoqqa turg・azayotganlikda va harbiy yordamni oshirayotganlikda tanqid qilmoqda. Metyu Brayza buni rad etmoqda. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi