Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Jurnalist Solijon Abdurahmonovning sud kuni belgilandi


04/09/2008

soli abdurahmonov

Qoraqalpog`istonda mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonov ustidan tergov jarayoni yakunlangan. Giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan jurnalistning sudi 12 sentyabrga belgilangan. 

Nukusda muxolifat a`zosi, firibgarlikda gumon qilinayotgan A`zam Turg`unov ishi bo`yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonovning advokati Bahrom Abdurahmonov soˇ¦zlariga ko`ra, tergov mobaynida jurnalistga nisbatan qo`yilgan ayblar o`z isbotini  topmagan. 

ˇ§Tergovda qo`yilgan ayblarni bo`yniga olmagan bo`lsa ham hujjatlar sudga yuborildi. Bosh prokurorga ariza yuborilgan, biroq natija yo`q, hozircha. Sud Taxtako`pir tumaniga berilgan, jarayon shaharda, sayyor sud sifatida ko`riladiˇ¨, - deydi Bahrom Abdurahmonov. 

Qoraqalpogˇ¦istonlik Solijon Abdurahmonov bundan uch oy muqaddam, unga tegishli avtomashinadan giyohvand modda topilgach, hibsga olingan edi. 

Dastlab, Solijon Abdurahmonovga giyohvand modda saqlash aybi qo`yildi, keyinchalik bu ayblov giyohvand moddalarni sotish maqsadida saqlashga almashtirildi. 

Sharhlovchilar Solijon Abdurahmonovning hibsga olinishini jurnalistlik faoliyati bilan bog`laydi. Jurnalist hibsga olingach, uyi tintuv qilingan, jurnalistik maqolalari, siyosiy adabiyotlar musodara qilingan. 

Qoraqalpog`istondagi sanoqli mustaqil jurnalistlardan biri hisoblangan Abdurahmonov uznews.net axborot agentligini muxbiri sifatida ishlayotgan edi. U avval ˇ§Ozodlikˇ¨ va ˇ§Amerika ovoziˇ¨ radiolari bilan ham hamkorlik qilgan. 

Solijon Abdurahmonovning hibsga olinishi bir qator xalqaro tashkilotlar noroziligiga sabab bo`ldi, bu borada Germaniya Tashqi ishlar vazirligi, nemis jurnalistlari uyushmasi tomonidan tashvishli bayonot bildirilgan edi. 

Huquq himoyachilari fikriga ko`ra, faollarga nisbatan tazyiqlar to`xtamagan, ayni paytda Nukusda ˇ§Mazlumˇ¨ inson huquqlari tashkiloti rahbari, firibgarlikda ayblangan A`zam Turg`unov sud ishi davom etmoqda. 

Mazkur ishda kuzatuvchi sifatida qatnashayotgan ˇ§Birdamlikˇ¨ harakati vakili Dilorom Ishoqova A`zam Turgunovning ishini soxta deb hisoblaydi. Dastlab, 500 ming so`m pora talab qilishda ayblangan huquq himoyachisi, hozirga kelib 20 million so`m pora talab qilishda ayblanmoqda. A`zam Turg`unov tergov jarayonida qiynoqqa tutilgani taxmin qilinmoqda. 

ˇ§Tergov jarayonida qattiq kuydirilgan, biroq buni kim qilganidan tergovchilar ham bexabarˇ¨, - deydi Ishoqova. 

Yaqinda Toshkent shahar sudida Ichki Ishlar Vazirligiga qarashli harbiy sport maktabi o`qituvchilari ustidan sud jarayoni yakunlandi. Huquq himoyachilariga ko`ra, maktab o`quvchisini tahqirlagan, qiynoqqa solgan o`qituvchilarning bu tariqa jinoiy javobgarlikka tortilishi O`zbekistonda inson huquqlari ahvolidan dalolat beradi. 

ˇ§Mazkur ish yuzasidan javobgarlikka tortilgan har ikki o`qituvchiga nisbatan o`tgan yil dekabr oyida e`lon qilingan amnistiya qo`llandi, amnistiya esa e`lon qilingandan so`ng uch oy mobaynida qo`llanilishi mumkinˇ¨, - deydi Qiynoqlarga qarshi tezkor guruh vakili Nikolay Kungurov.

Tashkilot tomonidan bu borada tarqatilgan ma`lumotga ko`ra, qiynoq aynan hukumat idorasi vakillari tomonidan ko`rsatilgani uchun jinoiy ish shu tariqa yumshoq yakunlangan.     

Sharhlovchilarga ko`ra, yaqinda hukumat inson huquqlari himoyasi yuksak qadriyat ekanini e`tirof eta boshladi, O`zbekistonda Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 60 yilligi munosabati bilan qator chora-tadbirlar belgilangan. 

Keyingi paytda inson huquqlari bilan bog`liq vaziyat Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston rasmiylari o`rtasida muzokaralarga sabab bo`lib kelmoqda. Yevropa Ittifoqi rasmiy Toshkentga nisbatan sanksiyalarni oktyabr oyida qayta ko`rib chiqishi kerak. Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Fransiya rasmiylari sanksiyalar muhokamasida inson huquqlari bilan bog`liq vaziyat inobatga olinishini ta`kidlagan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi