Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

BMT Qochqinlar agentligi Goridagi vaziyatdan xavotirda


04/09/2008

A Georgian woman cries near a body after a Russian airstrike in the northern Georgian town of Gori, 09 Aug 2008
Goridagi minglab aholi, uy-joyi, yaqinlaridan ayrildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qochqinlar bo・yicha agentligi Rossiya - Gruziya urushida aziyat chekkan Gori shahri aholisi hayotidan  tashvishda. 

Janubiy Osetiya chegarasidan janubda joylashgan bu shahar deydi tashkilot vakillari yarim vayrona holatida. Odamlar uyidan ayrilgan, bezorilik va tartibsizlik hukmron.

BMT mutaxassislarining aytishicha Gorida vaziyat tahlikali. Qochqinlar uchun yaratilgan boshpanalar to・lib ketgan. 

Qo・shimcha jabrdiydalarni olishga imkon yo・q. Hozirga kelib 4200 ga yaqin gorilik uy-joysiz. Qolganlar esa Janubiy Osetiya bilan chegaradosh aholi punktlaridan kelgan.

BMTning qochqinlar bo・yicha agentligi vakili Ron Redmond minglab qochqinlar palatkalarda, yana bir necha mingi mahalliy oilalar bilan  yashamoqda, deydi.

:So・nggi bir necha kun ichida chekka qishloqlardan 450 ka yaqin odam kedi. Barchasi  Rossiya va Gruziya qo・shinlari orasida qolib ketgan, begunoh insonlar. Qayerga borishini bilmaydi, o・rtada halak;, - deydi rasmiy.

Redmond nazarida urush zonasidan uzoqdagi hududlarda ham zo・rovonlik alomatlarini ko・rish mumkin. Aholi kaltaklanmoqda yoki zo・rlanmoqda. Shunday arosat zonalarda yashovchi aholi Goriga 2 hafta piyoda yurib yetib kelgan, deydi BMT vakili.

:Beloti qishlog・ida qolgan aholining aksariyati qariyalar va yurishga qurbi bo・lmaganlar;,- deydi Ron Redmond.

Bugungacha Rossiya-Gruziya orasidagi qonli mojaro tufayli 160 mingga yaqin odam boshpanasiz qolgan. Ularning 30 ming nafari, asosan osetinlar, Rossiyaga qochqin bo・lib o・tgan va ko・pi hozirda uylariga qaytmoqda. Gruzinlar ham, osetinlar ham harbiylarni zo・ravonlikda, ularga nisbatan noinsoniy munosabatda ayblaydi.

Gruziya hukumati Rossiya kuchlarini aholiga zulm o・tkazayotganlikda ayblasa, Rossiya Gruziyani turli jinoyatlarda, jumladan etnik qatliomlarda gunohkor deb biladi. Urushda qancha odam o・lgani haqida ham aniq ma・lumotlar yetishmas ekan, AQSh mustaqil tergov boshlash kerak degan talabni qo・ygan.

Yevropa Ittifoqi ham shu fikrda. Inson huquqlari bo・yicha Human Rights Watch tashkiloti tahlilicha urushda Rossiya ham, Gruziya ham qabih ishlarni amalga oshirgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz