Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Makkeyn: "Amerika xalqidan boshqa hech kimga xizmat qilmayman"


05/09/2008

[insert caption here]

Respublikachi senator Jon Makkeyn, prezidentlikka nomzodlikni rasman qabul qilar ekan, islohotchi rahbar bo・lishga, iqtisodiyotni tiklashga hamda Amerikani neftga tobelikdan xalos qilishga va・da bermoqda.

Sobiq harbiy, Vietnam urushi qahramoni deya hurmat bilan tilga olinuvchi Makkeyn :men prezidentlikka eng munosib nomzodman, buning uchun bilim va tajribam yetarli; deydi.

Jon Makkeyn prezidentlikka 2000 yilda ham harakat qilgan, ammo nomzodlikni amaldagi prezident Jorj Bushga boy bergan edi. Bu safar, Sent-Pol shahrida Respublikachilar partiyasining qurultoyida Makkeyn prezidentlikka nomzod sifatida rasman tan olindi.

Saylovchilarga murojaatida Jon Makkeyn :Amerika xalqidan boshqa hech kimga xizmat qilmayman;, - deydi. Keksa arbob Vashingtondagi siyosiy muhitni o・zgartirishga va・da bermoqda.

[insert caption here]

Makkeyn vitse-prezidentlik uchun Alyaska shtati gubernatori Sara Peylinni tanlagan. Peylin yaqingacha ko・pchilikka notanish amaldor edi. Makkeyn uni adolatparvar, o・zgarish qilishga qodir yetakchi deb tanishtirmoqda.

Jon Makkeyn AQSh xavfsizligini birinchi o・ringa qo・yadi. Prezident Jorj Bushning Iroqdagi siyosatini qo・llab-quvvatlagani uchun keskin tanqidga uchrab keladi. Demokratlardan farqli o・laroq, :Iroq tinchimaguncha bu mamlakatni tark eta olmaymiz;, - deydi u.

Demokrat nomzod Barak Obama esa Iroq va Afg・onistondagi urushlarni tezroq tugatish kerak deydi. Respublikachilar nazarida Obama yosh va tajribasiz.

Obama bunga javoban, :respublikachilar qo・lida biror amaliy reja yo・q, ular Amerika oldida turgan muammolarni yecha olmaydi. O・tgan 8 yil buning yaqqol isboti;, - demoqda. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi