Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Taniqli olim Xayrulla Ismatullayevni xotirlab¡K


05/09/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

[insert caption here]
Xayrulla Ismatullayev (1937-2008)
Shu yilning 24 avgusti, yakshanba kuni taniqli olim, o¡¦zbek tili va adabiyoti rivojiga beqiyos hissa qo¡¦shgan filolog, uzoq yillardan beri Qo¡¦shma Shtatlarda dars berib kelayotgan Xayrulla Ismatullayev olamdan o¡¦tdi. 

71 yoshli olim so¡¦nggi paytlarda o¡¦zini bir oz oldirib qo¡¦ygan, lekin o¡¦g¡¦ir xasta emas edi, deydi uning do¡¦stlari.

Ismatullayev Viskonsin shtatining Medison shahrida, musulmonlar qabristonida (Highland Memory Gardens) dafn etildi.

So¡¦nggi yillarda Amerikaning Viskonsin Universitetida o¡¦zbek tili va adabiyotidan saboq bergan Xayrulla Ismatullayev bir yil avval nafaqaga chiqqan edi. Biroq olim izlanishda davom etdi. 

So¡¦nggi paytlarda kirill, lotin va arab yozuvida bosmadan chiqishi rejalangan Abdulhamid Cho¡¦lpon saylanmasi, fitratshunos olimlar, Muhammad Solihning she¡¦riy to¡¦plami, O¡¦zbekcha-Inglizcha lug¡¦at, Turkistondan Germaniya va Turkiyaga o¡¦qishga borgan vatandoshlar tarixi va chet ellik o¡¦zbekshunoslar tarixi ustida ishlayotgan edi.

Xayrulla Ismatullayev 1937 yilning 16 avgustida Toshkentda sharqshunos olim oilasida tug¡¦ilgan. Ikkinchi jahon urushida oilasidan yetim qolgan Xayrulla qarindoshlari qo¡¦lida katta bo¡¦lgan. 

1960 yilda Toshkent Chet Tillar Institutini (hozirgi O¡¦zbekiston Jahon Tillari Universiteti)  tamomlaydi. 1961 yilda esa Toshkent Davlat Universitetining Turkologiya fakultetida kandidatlik ishini boshlaydi. 1964-1974 yillarda ushbu dargohda dars beradi.

Xayrulla Ismatullayev 1974 yilning 14 dekabrida Sovet hukumatiga qarshi harakat va korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olinadi. To¡¦qqiz yil panjara ortida o¡¦tirib,  1983 yilning 29 noyabrida ozod etiladi. 

Olimni yaxshi bilganlar uni so¡¦zi va qalami o¡¦tkir, o¡¦z fikriga ega, qomusiy bilim sohibi, ajoyib va murakkab shaxs deya tilga oladi.

Nafaqat adabiyot, Cho¡¦lpon yohud Fitrat haqida, balki O¡¦zbekiston siyosati, xorijdagi o¡¦zbeklar haqida aniq tahliliy-tanqidiy gapirishdan tortinmaydigan olim 1990-yillar boshida O¡¦zbekistonni tark etib, shu-shu vataniga qaytmadi. 

Turkiyalik o¡¦zbek olimlarida biri, hozirda AQShning Michigan Davlat Universitetida muallimlik qilayotgan Timur Kochao¡¦g¡¦li Xayrulla Ismatullayev bilan ilmiy hamkorlik qilgan. ¡§Qalin do¡¦st edik¡¨,- deydi u.

¡§U kishi sobiq Sovet yillarida korrupsiya aybi bilan qamalib chiqqan. O¡¦zbekiston mustaqil bo¡¦lgach, vatanida ijod qilishga urindi, ammo siyosiy bosim tufayli xorijga ketishga majbur bo¡¦ldi. Xayrulla aka O¡¦zbekistonga demokratiya olib kirishning tarafdori edi.¡¨

Xayrulla Ismatullayev hali yana qancha buyuk izlalanishlar qilishga qodir edi, deydi uning hamkasbi, Viskonsin Universiteti professori Yulay Shamilo¡¦g¡¦li.

¡§Xayrulla Ismatullayev O¡¦zbekiston va Turkistonning patrioti edi. Amerika fuqarosi emas edi, qo¡¦lida hali ham O¡¦zbekiston, aniqrog¡¦i, sovet pasporti edi. O¡¦zbekiston farzandiman, vatanim shu deb bilgan. U vatanini qattiq sevar va shu bilan birga qattiq tanqid qilar edi. Islom Karimov hukumatini ochiq urgani uchun qora ro¡¦yxatga tushib qolgan. O¡¦zbekiston hukumati Xayrulla akani dushman bilgan, deyishadi.¡¨

Xayrulla Ismatullayev 1990 yildan boshlab AQShning Indiana Universitetida o¡¦zbek tilidan saboq bergan. Uning ¡§O¡¦zbek tili¡¨ nomli ikki jildlik darsligi Amerikaning yetuk oliygohlarida qo¡¦llanib kelinadi, hatto AQSh diplomatlariga til o¡¦rgatadigan institut tomonidan ham foydalaniladi.  Xayrulla Ismatullayev o¡¦zbek tili va adabiyotini g¡¦arb dunyosiga tanitgan olimlardan deydi Yulay Shamilo¡¦g¡¦li.

¡§Ismatullayev 2003 yilda Viskonsin Universitetiga o¡¦zbek tili muallimi bo¡¦lib kelganida ham yosh emas edi. Lekin biz uning yoshiga emas, bilimiga qarab, tan berdik. Talaba va hamkasblari uchun hamisha namuna qilib ko¡¦rsatib kelaman u kishini. Sovet davri, mustaqillik davri, Toshkentdagi vaziyat va adabiyot haqida birday qiziqarli ma¡¦ruzalar qila olar edi¡¨.

Temur Ko¡¦chao¡¦gli deydiki:

¡§Xayrulla Ismatullayev boshlagan ishini juda puxta bajaradigan, chuqur izlanadigan inson edi. Biror maqola yozsa, deylik, uni eng mukammal shaklga keltirmaguncha tinchimas edi. Bir misol, 2001 yilda ¡§Turkistonda islohot harakatlari va revolyutsiyalar. ¡§1924¡¨ nomli kitobim chop etilib, unga Xayrulla akaning maqolasini ham kiritgan edim. Domla shu kitob bosma chiqishidan oldin, hatto oxirgi kungacha tuzatishlar jo¡¦natib turganlari yodimda. ¡§Mana bu so¡¦z, mana bu nuqtani o¡¦zgaritirish kerak¡¨ deya yuborgan maktublarini ko¡¦rib, haqiqiy olim bilan yuzlashganimni angladim.¡¨

Xayrulla Ismatullayev qo¡¦lida bilim olgan minglab yoshlar bugun dunyo kezib, turli sohalarda faoliyat ko¡¦rsatmoqda. Olim bitgan darsliklar va qo¡¦llanmalar nafaqat AQSh, balki Yevropa bo¡¦ylab yuqori baholanadi.

Xayrulla Ismatullayev shogirdlar, kitobxonlar va uning farzandlari - Alisher, Bobur va Sarvi xotirasida hamon hayot. Olimning asarlari esa jahon ilm tarixida o¡¦z o¡¦rnini topib bo¡¦lgan, qolaversa bilim izlagan insonlar e¡¦zozida qoladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz