Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Xalq Partiyasi rahbari Osif Ali Zardariy ¡V Pokiston prezidenti

06/09/2008

[insert caption here]

Pokistonda sobiq bosh vazira Benazir Bxuttoning turmush o¡¦rtog¡¦i Osif Ali Zardariy prezident etib saylangan. 

Xalq partiyasi rahbari Zardariyga parlament va mahalliy kengash a¡¦zolarining 70 foizi ovoz bergan. Zardariy o¡¦tgan oy o¡¦z xohishi bilan ishdan ketishga qaror qilgan Parvez Musharraf o¡¦rnini egallamoqda. 

Sobiq prezident demokratiya dushmani degan ayblovlar ostida iste¡¦fosini e¡¦lon qilgan edi. Pokiston saylov komissiyasi natijani hali e¡¦lon qilmasdan turib, parlamentda shodiyona hayqiriqlar ko¡¦tarilgan. 

Qonunchilar birma-bir sobiq bosh vazira Benazir Bxuttoning rasmini ko¡¦tarib turgan uning ikki qizini tabriklashga o¡¦tgan. Pokiston Xalq partiyasi tarafdorlari Osif Ali Zardariy prezident etib saylanishini demokratiya g¡¦alabasi deya ta¡¦riflaydi.

Saylov komissiyasiga ko¡¦ra, Zardariy ikki raqibi ¡V Oliy sud sobiq raisi Said uz-Zamon Siddiqi va qonunchi Mushahid Husaynni mag¡¦lub etib, 702 ovozdan 482 tasini qo¡¦lga kiritgan.

Mavlono Fazlur Rahmon kabi aksariyat qonunchilar Xalq partiyasi rahbariga ovoz berganini aytmoqda. 53 yoshli Osif Ali Zardariy bugun qasamyod qabul qiladi. U terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishiga va sobiq prezident ishdan olgan sudyalarni lavozimiga qaytarishga va¡¦da bergan.

[insert caption here]

O¡¦tgan hafta aynan shu mavzu Pokiston koalitsion hukumatining parchalanishiga sabab bo¡¦lgan edi. 

Sobiq bosh vazir, Musulmonlar Ligasi rahbari Navoz Sharif Zardariy bilan kelisha olmay koalitsiyani tark etgan.

Tahlilchilarga ko¡¦ra xavfsizlik - hukumat oldida turgan birinchi darajali masala. Bugun Pokiston shimoli-g¡¦arbidagi portlashda 16 kishi halok bo¡¦lgan, 80 nafari jarohatlangan. 

Tolibon portlashni uyushtirganini tan olgan. Jangarilar hukumat qo¡¦shini qabilaviy mintaqani tark etishini talab qilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz