Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Turkiya, Armaniston aloqalarni normallashtirishga tayyor


07/09/2008

[insert caption here]

Turkiya va Armaniston rahbarlari o・rtadagi adovatni unutib, o・zaro munosabatlarda yangi sahifa ochishga so・z bermoqda.

Turkiya prezidenti Abdulla Gul Armaniston taklifi bilan futbol matchini tomosha qilish uchun Yerevanga tashrif buyurgan.

Armaniston rahbari Serj Sarkisyan :o・rtadagi muammolarni kelajak avlodga qoldirmaydik; deydi. Abdulla Gul nazarida do・stona aloqalar Kavkaz mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun zamin yaratadi.

Turkiya rahbarini Yerevanda yuzlab namoyishchi qarshi olgan. Ikki mamlakat 15 yildan beri diplomatik aloqa yuritmaydi.

O・rtadagi eng ziddiyatli masala - o・tgan asr boshida usmoniy turklar tomonidan minglab armanlarning qirilgani va bu voqea yuzasidan bahslardir. Armaniston nazarida bu genodtsid deb tan olinishi kerak. Turkiya esa buni keskin rad etib, 1915-1923 yillar oralig・ida yuz bergan qatliom Usmoniylar imperiyasining yemirilishi bilan bog・liq deb keladi.

[insert caption here]

Armaniston Genotsid Muzeyi direktori Hayk Demoyan Turkiya prezidentining tarixiy tashrifini olqishlaydi.

:Armaniston olib borayotgan kurash Turkiya xalqiga qarshi qaratilmagan, balki genotsid qurbonlari va jabrdiydalari huquqini himoya qilish va tiklash yo・lidagi global harakatdir. Turkiya va Armaniston murosaga kelishi kerak;, - deydi Demoyan.

Turkiya muxolif partiyalari prezident Abdulla Gulning tashrifini Turkiyaga va uning yaqin ittifoqchisi Ozarbayjonga nisbatan xoinlik deya baholab, uni tanqid qilmoqda. Ozarbayjon hududida joylashgan, ammo armanlar yashovchi Tog・li Qorabog・ hududi 1988 yilda mustaqillik e・lon qilgani 6 yillik urushga sabab bo・lgan edi.

Yerevan ko・chalarida Turkiya rahbarining tashrifiga munosabat turlicha. Ayrimlar ikki davlat normal aloqalarga o・tishi lozim deb hisoblaydi. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi