Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

O'zbekistonda qonunlar nomiga, bolalar yana paxtazorda


30/09/2008

[insert caption here]

O'zbekistonda yaqinda qabul qilingan "Bolalarni og`ir mehnatga jalb qilishni taqiqlash" va  "Bolalar huquqini kafolatlash" to'g'risidagi qonunlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baholansa-da, amalda tadbiq etilmayapti.

O`zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev yuqoridagi qarorlarni imzolaganidan keyin ikki hafta o`tib, maktab o`quvchilari yana paxta dalalariga chiqarilgan. Mahalliy manbalarga ko'ra, ular 22 sentabrdan boshlab paxta tera boshlagan. 

Huquq himoyachilari nazarida bu yil qabul qilingan va yuqorida tilga olingan qonunlarni hukumatning o`zi buzmoqda.

"Ezgulik" inson huquqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashnovga ko`ra mazkur qarorlar bolalar huquqlarini kafolatalsh uchun emas, aksincha, xalqaro jamoatchilik ko'zi uchun qabul qilingan.

"Bu siyosiy qaror. Xalqaro maydonda O`zbekiston bu borada ancha tanqidga uchradi. Bundan tashqari AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays Turkmaniston va O`zbekiston prezidentiga bolalar mehnatidan foydalanishni to`xtatish haqida xat yozgan. Shu bois Vazirlar Mahkamasini qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq maktablarda darslar to`xtatilmasligini e`lon qilishdi, lekin 20 kunlik paxta terimi natijalari terim sur'ati nihoyatda tushub ketganini ko`rsatdi. Hukumat yana o`quvchilarni dalaga chiqarishga majbur bo`ldi", -  deydi Abdurahmon Tashanov.

Andijon viloyatidan olingan ma`lumotga ko`ra 6-sinf o`quvchilari uchun  umumiy paxta rejasi 300 kilo miqdorida belgilangan. Bolalar shanba- yakshanba kunlari ham paxta dalasida.

Jizzaxliklardan biriga ko`ra sakkizinchi sinfdan boshlab o`quvchilar dalaga chiqarilgan va o`quvchilarga 40-50 kilodan kunlik reja belgilangan.

1990- yillarda maktab o`quvchilarini paxta terimiga jalb etmaslik jamaoatchilikda keng muhokamaga chiqqan masalalardan edi.  Bir nech yil o`quvchilarni paxta dalasiga chiqmasligiga erishildi.  Biroq keyinchalik paxta yakkahokimligi keskinlashishi barobarida o`quvchilar yana  paxta dalasiga qaytarildi.

Ayni paytda mahalliy jamoatchilik va nodavlat tashkilotlar masala haqida hech nima demaydi.  

Rasman ro`yxatda turgan nohukumat va notijoriy tashkilotlar orasida bolalar huquqlarini himoyalashga ixtisoslashgan tashkilotlar deyarli yo`q.

"Sog`lom kelajak" nodavlat tashkiloti vakiliga ko`ra bu muassasa maktab o`quvchilari salomatligi va gigiyena masalasi bilan shug`ullanadi. Tashkilot bolalarni paxtaga jalb etilishi oqibati haqida aniq bir munosabatga ega emas.    

Tahlilchilar fikricha o`quvchi va talabalarni paxta terimiga chiqarishning asosiy sababi bu ularning arzon ish kuchi ekanligida. Shu bois ham o`zbek paxtasining tannarxi nisbatan arzon. Boshqa bir sabab - paxta terish mashinalarining kamligidir.  

Fermerlarga ko`ra terim mashinalari bo`lmagan taqdirda ham o`quvchilar o`rniga ishsiz o`tirgan aholini jalb qilish mumkin, biroq buning uchun terim haqini ko`paytirish kerak. Davlat buni istamaydi.

"Necha yillardan beri faqat dabdabali gaplar.. Mablag` yoq` deyishadi, lekin kelgan mablag'-daromad qayoqqa ketadi"? - deydi fermerlardan biri.

Ko`p hollarda paxta fermer uchun daromad keltiruvchi ekin emas, biroq hukumat va eskport bilan shug`ullanuvchi kompaniyalar uchun asosiy daromad manbalaridan.

Abdurahmon Tashanovga ko`ra paxta savdosi mamlakatdagi yopiq tizim va u bilan bog'liq ma`lumotlar sir saqlanadi.  

"Bolalar termasa paxtani kim teradi? Kattalar 68 so`m uchun dalaga chiqmaydi. Hukumat bundan katta foyda ko`rayapti. Korrupsiya keng tarqalgan. Narx-savdo hech qachon ochiq aytilmaydi, yashiriladi", - deydi u.

O`zbek paxtasi jahon bozorida, xususan G`arb savdo kompaniyalari tomonidan, bolalar mehnatidan foydalanib terilgani uchun rad etila boshlagan.    

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Paxtakorlar: O'quvchilarsiz hosilni kim teradi?
O'zbekiston paxtasi ustidan xalqaro bahslar davom etmoqda
O'zbekistonda bolalar mehnatining og'ir shakllari taqiqlandi
O'zbekistonda islohotlarni qanday amalga oshirgan ma'qul?
O'zbekiston paxtasi jahon bozorida rad etilmoqda
O'zbekiston qonunlarida bolalar huquqi kafolatlangan, amaldachi?
Majburiy mehnat O'zbekistonni savdo imtiyozidan qoldirishi mumkin
Paxta bahosi paxtakor yil bo'yi to'kkan terga arzimaydi
Xaridor va sotuvchi bozordagi narx-navodan norozi
Plan bajarildi, paxtakor nega qarzga botyapti?
 
  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi