Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Tojikistonda yosh jurnalistlar o'z kasbidan cho'chib qolgan


04/10/2008

[insert caption here]

Tahlilchilar fikricha, Tojikistonda universitetni endigina tugatgan yosh jurnalistlar uchun imkoniyat-sharoit yaratilmagan. Ular o¡¦z kasbini to¡¦liq bajarishga qodir emas.

Tojikistonda jurnalistlarga bosim tez-tez takrorlanadigan bo¡¦lib qolgan. 

Sudda biror jurnalist oqlanganini hali hech kim eshitmagan. Bu esa yosh jurnalistlarni cho¡¦chitib qo¡¦ymoqda.

Tojikistonda yosh jurnalistlar kursini tugatayotgan Umida Hamadiyevaning aytishicha, jurnalistlarga tazyiq kuchaygan.  

¡§Yetishib borayotgan jurnalistlar haqida vahimali gaplarni eshitmoqdamiz. Masalan, necha yildan beri matbuotga katta hissa qo¡¦shib kelayotgan, ¡§So¡¦g¡¦d¡¨ gazetasining asl egasi Mahmudjon Dadaboyev o¡¦zi barpo qilgan gazetani qaytarib olish uchun bir yil sudlashdi. Buni jurnalistlarni himoya qiladigan qonunning sustligidan deb bilaman¡¨, - deydi Umida Hamadiyeva.

¡§Faraj¡¨ nomli mustaqil gazetada ishlovchi yosh jurnalist fikricha, ularga yilda hech bo¡¦lmasa 2-3 bor mutasaddi tashkilotlar xodimlari dakki berib turadi. Uning so¡¦zlariga ko¡¦ra, keyingi uch yil orasida o¡¦nlab jurnalistlar ustidan mahkama jarayonlari o¡¦tgan. 

Tojikistonlik o¡¦zbek qalamkashi Bobura Xidirova matbuotga bosim azaldan bo¡¦lganini ta¡¦kidlar ekan, kurashdan qaytmaslik kerak deydi.  

¡§Haqiqiy jurnalistning vazifasi qanday vaziyat bo¡¦lishidan qat¡¦iy nazar, haqiqatni yuzaga chiqarishdir. Men bilgan jasoratli jurnalistlardan biri - ustozimiz Tursunali Aliyev ustidan yozgan felyetonlari uchun jinoiy ish ochildi. Ammo qiyinchiliklar bo¡¦lishiga qaramay u hamon kurashmoqda¡¨, - deydi Bobura Xidirova.  

Jurnalist O¡¦tkiriyning aytishicha, respublika ommaviy axborot vositalarida yoshlar soni keyingi ikki yilda tez ko¡¦paymoqda.  

¡§Bu ko¡¦proq radio-televideniyeda seziladi. Hukumat matbuotida esa haligacha eski odamlar va eski uslub hukmronlik qilmoqda. Yoshlar esa yangi dunyo talablari asosida o¡¦qitilmaydi. Jurnalistlar uyushmasi yosh jihatdan keksayib bormoqda. Uyushmada keraksiz kishilar ko¡¦payib ketgan¡¨, - deydi O¡¦tkiriy. 

Umida Hamadiyeva redaksiyalardagi e¡¦tiborsizlik va nopisandlik ish o¡¦rganayotgan yoshlarga ta¡¦sir qilishini ta¡¦kidlaydi. Uning aytishicha, Tojikistonda bugungi kunda yosh jurnalistlar uchun imkoniyatlar deyarli yo¡¦q. Chunki ish o¡¦rganish uchun tahririyatlarga borgan yoshlar o¡¦z malakalarini amalda qo¡¦llay olmagan.  

¡§Biz tahririyatga qanday borgan bo¡¦lsak, o¡¦shanday qaytib keldik¡¨, - deydi u.  

Umida bilan birga o¡¦qiyotgan Bobura esa imkoniyat va kelajak o¡¦z qo¡¦llarida ekaniga ishonadi. 

¡§Men praktika davomida bir necha redaksiyalarga bordim. U yerda ustozlarim ko¡¦rsatayotgan g¡¦amxo¡¦rliklarni imkoniyat deb qabul qilaman. Harakat qilgan inson o¡¦zi uchun albatta imkoniyat yaratadi¡¨, - deb fikrlaydi Bobura.  

O¡¦tkiriyning fikricha, Tojikistonda jurnalistlar o¡¦z huquqini himoya qilishga jur¡¦at qila olmaydi. Soha bo¡¦yicha huquqshunoslar va huququy tajribaning yo¡¦qligi yosh jurnalistlar kelajagiga salbiy ta¡¦sir qiladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Yevropa Markaziy Osiyo yonilg¡¦i boyliklariga qiziqarkan, mintaqaga nisbatan siyosati jadallashmoqda

  Boshqa xabarlar
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
AQSh-Iroq bitimi kelajakda qayta ko'rib chiqilishi mumkin
Obama va Kongress iqtisodiyotni jonlantirishga urinmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Amerika qo'shini Iroqni 2011 yil so'nggida tark etadi
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
Xorijlik jurnalistlar Barak Obama haqida nima demoqda?
Rossiya Belarusda raketa joylashtirishni rejalamoqda
Amerika kinosi ¡V Toshkentda
Obama uchun 100 kunlik sinov...
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
AQSh Kremlning mudofaa tizimi rejasiga javobidan norozi
Barak Obama qanday tashqi siyosat yuritadi?
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi
Afg'oniston muammosini mintaqaviy hamkorliksiz hal qilib bo'lmaydi
Moliyaviy inqiroz mehnat muhojirlarini uyiga qaytarmoqda