Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Grin Karta lotereyasiga hujjatlar qabul qilinmoqda


08/10/2008

[insert caption here]

Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi Grin Karta lotoreya dasturi 2 oktyabr kuni boshlandi. Unda markaziy osiyoliklar
ham ishtirok etishi mumkin.

AQSh Davlat departamenti :Turli millatga mansub kishilar uchun immigratsiya vizasi; dasturining navbatdagi, ya・ni 2010 yil lotoreya o・yinini e・lon qildi. 

Dastur boshqacha qilib aytganda, :Grin karta; nomi bilan barchaga tanish.

O・yin qoidalariga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlarida tug・ilgan barcha shaxslar ham dasturda ishtirok etish huquqiga ega. 

Mazkur yil o・yinlarida Rossiya Federatsiyasi hamda Kosovo fuqarolari ham ishtirok etishini hisobga olmaganda, boshqa hech qanday o・zgarishlar kiritilmagan.

Lotereya o・yiniga internet orqali ariza topshirish 2-oktyabrda boshlangan va 1-dekabrgacha davom etadi. Ishtirok etishni istovchilar www.dvlottery.state.gov veb sahifasiga kirib, unda so・ralgan barcha savollarga javob berishi va kerakli shakldagi fotosuratini yuborishi shart.

O・yin qoidalariga ko・ra, ishtirok etuvchi 21ga kirgan yoki undan katta yoshda bo・lishi, maktabni to・la bitirgan hamda AQSh Mehnat vazirligi talabiga muvofiq, zarur bo・lgan mutaxassislik bo・yicha kamida 2 yil tajribaga ega bo・lishi kerak.

[insert caption here]

Agar ishtirok etuvchi oilali va farzandli bo・lsa, u holda, turmush o・rtog・i va barcha farzandlari to・g・risida so・ralgan savollarga javob berish va barcha oila a・zolarining kerakli shaklda bo・lgan fotosuratlarini yuborishi lozim.

Masalan, kimsa O・zbekistonda tug・ilgan, biroq Rossiya, Qozog・iston yoki boshqa davlatlarda yashaydi yoki fuqaroligini olgan. Bunday shaxs ikkilanmasdan, tug・ilgan joyi O・zbekiston, ya・ni dasturda qatnashuvchi davlatlar ro・yxatiga kiritilgani bois, mazkur dasturda ishtirok etish huquqiga ega.

Lotereya o・yinlarida ishtirok etish tekin. Hech qanday pul talab etilmaydi. Shu o・rinda aytib o・tish lozimki, Grin karta lotereyasida ishtirok etish uchun to・g・ridan-to・g・ri AQSh Davlat departamenti veb sahifasiga kirib, o・yin arizasini to・ldirish va kerakli ma・lumotni olish mumkin.

Dastur haqida batafsil ma・lumotni www.dvlottery.state.gov sahifasida ingliz tilida, o・zbek tilida esa Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi veb sahifasi - http://uzbekistan.usembassy.gov/  dan topishingiz mumkin.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi