Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Afg'oniston hukumati Tolibon bilan muzokara qilmoqchi

08/10/2008

Afg'onistonda zo'ravonliklar kuchayar ekan, hukumat Tolibon bilan til topishishga urinmoqda. Ammo ikki tomon o'rtasida muzokara bo'lishi haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q. AQSh matbuotiga ko'ra, Qo'shma Shtatlar bu jarayonlardan bexabar qolmoqda.

Afg'oniston hukumati Tolibon bilan muzokaraga kirganini inkor etmoqda. Prezident matbuot kotibi Humoyun Hamidzodaning aytishicha, hukumat Tolibon bilan muzokara qilmoqchi va unga vositachilik qilishni Saudiya Arabistonidan so'ragan, ammo haligacha qirollik javobini olmagan.

"Rasmiy Kobul muxolifat yoki afg'on xalqi va hukumatiga qarshi kurashayotgan har bir tomon bilan muzokara qilishga tayyor. Ammo hozircha buning iloji bo'lmayapti," deydi Hamidzoda.

Buni Tolibon ham tasdiqlamoqda. BMT Bosh kotibining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Kay Eyd fikricha, mamlakatdagi zo'ravonlikka barham berish maqsadida zudlik bilan muzokara o'tkazish kerak.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning aytishicha, Afg'onistonda, Iroqda bo'lgani kabi, raqib tomonlar murosaga o'zaro muloqot orqali kelishi mumkin.

Toliblar vakili Abdul Salom Zaifning aytishicha, o'tgan oy Riyodda Saudiya Arabistoni qiroli, Tolibon vakillari va Afg'oniston hukumati rasmiylari uchrashgan. Abdul Salom Zaif uchrashuvda muzokara olib borilmagan, ular qirol huzuriga shunchaki iftorlik uchun taklif etilgan xolos deydi. Iftorlikda dala qo'mondoni Gulbiddin Hikmatyor ham bo'lgan.

Tolibon xalqaro koalitsiya 64 ming sonli qo'shinlarini mamlakatdan olib chiqsin, aks holda uning boshiga Sovet Ittifoqi kuni tushadi demoqda.

Hukumat esa Tolibondan al-Qoida bilan aloqani uzishni va qoradori savdosidan voz kechishni talab qilmoqda.

"Nyu-York Tayms" gazetasidagi maqolaga ko'ra, Oq Uy ma'muriyati Afg'oniston prezidenti Hamid Karzayning ukasi Ahmad Vali akasining soyasi ostida narkotiklar savdosi bilan shug'ullanyapti degan fikrda. Agar bu haqiqat bo'lsa, deb yozadi gazeta, hukumatga bo'lgan ishonchga katta zarar yetadi.

Og'a-ini ayblovlarni inkor etib, bunday gaplarni dushmanlar tarqatmoqda deydi. Ahmad Vali Karzayning aytishicha, bunda amerikaliklarning qo'li ham bo'lishi mumkin, chunki uning akasi AQShni bir necha bor tanqid qilgan. Ayniqsa so'nggi payt AQSh havo hujumlaridan afg'on fuqarolari nobud bo'lgach.

"Men hech qachon qoradori bilan shug'ullanmaganman va meni tanigan odamlar ayblovlarning bo'hton ekanini yaxshi bilishadi," deydi Ahmad Vali Karzay.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz