Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Tahlilchilar: MDHning Bishkekdagi sammitidan yangilik kutmang


08/10/2008

Mustaqil Davlatlar Hamdo・stligiga a・zo davlatlar rahbarlarining Bishkekdagi sammitida regional iqtisodiy masalalar qatorida, Gruziyadagi ahvol ham muhokama qilinadi. Xabarlarga ko・ra, sammit Ozarbayjon va Ukraina prezidentlari ishtirokisiz o・tadi. Avvalroq Gruziya MDH tarkibidan chiqishini rasman e・lon qilgan edi.

Qirg・iziston matbuotida yozilishicha, sammit kun tartibidagi asosiy masala MDHning 2020 yilgacha mo・ljallangan iqtisodiy rivojlanish dasturidir.

Sharhlovchilar fikriga ko`ra, MDH sammitida Kavkaz urushidan keyingi noqulay siyosiy ahvoldan chiqish masalasida ham fikr almashiladi. Rossiya MDHni faollashtirish, jonlantirishga urinsa-da, a・zo davlatlar masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashishi taxmin qilinmoqda.

Abxaziya yoki Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olish bo`yicha biror bayonot kutilmayapti. Bu masala kun tartibiga qo`yilsa, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi a`zolarini noqulay ahvolga tushishi mumkin.

:Rossiya Kavkazdagi harbiy harakatlari bilan MDH davlatlariga :siz bizning ta`sir doiramizdasiz. Kuchimizni ko`rib qo`ying; degan ma`noda gap qildi. Bu Rossiyaning eng yaqin ittifoqchilari tomonidan ham quvvatlangani yo`q. MDH davlatlari bu borada betaraflik qilib to`g`ri yo`l tutdi;, - deydi sharhlovchilardan biri.

Tahlilchilardan birining aytishicha, Bishkek sammitida MDH davlatlari Kavkaz bo`yicha biror yangi narsa aytishi qiyin.

Hamdo・stlik davlatlaridan birortasi Rossiyaning Kavkazdagi harbiy harakatlarini ochiq qo`llab-quvvatlamadi, Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligi biror davlat tomonidan tan olingani yo・q.

Bishkekda Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati sammiti to`liq tarkibda o`tishi kutilmoqda. Iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan mazkur tashkilot hamon yagona iqtisodiy hudud yaratish masalasida biror natijaga kelgani yo・q. O`zbekiston tomonidan hamjamiyatning asosini belgilovchi bojxona tizimini soddalashtirish bo・yicha harakat boshlanmagan.

Sharhlovchilar ta・biricha, Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati maqsadlarining to`laqonli ishga tushishi tobora shubha ostida qolmoqda.

Bishkekdagi sammitda prezidentlar mintaqa suvidan foydalanish bo`yicha muloqot qilishi kutilmoqda. Bu borada hozirgacha o`tgan ikki tomonlama va ko`p tomonlama muzokaralar natijasiz tugagan edi.

:Har bitta suv hafzasining o・ziga yarasha jihatlari bor. Shularni inobatga olib kelishuvga borsa bo`ladi rahbarlar. Kelishuv har bir tomon uchun qulay bo`lishi kerak. Bu kelishuv bugun bo`lmasa, ertaga baribir bo`ladi;, - degan umidlarni bidiradi ekolog Rustam Razzoqov.

Ma`lumotlarga ko`ra, mintaqa davlatlari uchrashuvida Rossiya prezidenti ham ishtirok etishi mumkin.

Shunday bo`lgan taqdirda mintaqa davlatlarining Kavkaz bo`yicha pozitsiyalari Rossiyaning bevosita ta`sirida yana bir sinovdan o`tishi kutiladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz