Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQSh Hindistonga yadroviy texnologiyalar yetkazadi


09/10/2008

[insert caption here]

AQSh prezidenti Jorj Bush Hindiston bilan yadroviy hamkorlikka yo¡¦l ochuvchi qonunni imzolagan.

¡§Bitim¡¨, deydi prezident, ¡§ikki yirik demokratik jamiyat o¡¦rtasidagi mustahkam rishtalar ifodasidir va AQSh mas¡¦uliyatli va oshkora ish yurituvchi davlatlar bilan yaqindan aloqa qilishda davom etadi¡¨. 

Hindiston bundan 34 yil ilgari ilk yadro sinovini o¡¦tkazgach, AQSh rasmiy Dehli bilan atom hamkorligini to¡¦xtatgan edi. Bush imzolagan qonun ushbu taqiqni bekor qilib, AQSh o¡¦z yadroviy texnologiyalarini Hindiston bilan bo¡¦lisha boshlaydi. Rasmiy Dehli esa ayrim yadro inshootlarini xalqaro inspektorlarga ochib berishga va¡¦da bermoqda.

¡§Hindiston bilan hamkorlik ikki yo¡¦nalishni qamrab oladi ¡V yadroviy energiya ishlab chiqarish hamda yadroviy qurollar tarqalishiga qarshi birgalikda chora ko¡¦rish¡¨, - deydi prezident Bush.

Bush izohicha Vashington-Dehli munosabatlari o¡¦tgan yillar ichida murakkab davrni boshdan kechirdi. Har ikki davlat strategik sheriklikni maqsad qilar ekan, energetik sohada katta imkoniyatlar mavjud.

Hindiston yadroviy qurollarni tarqarmaslik hamda yadro sinovlarni man etish to¡¦g¡¦risidagi xalqaro kelishuvlarni imzolamagan. AQShning ayrim qonunchilari Hindiston yadro energiyasidan harbiy salohiyatini oshirish uchun ham foydalanishi mumkin degan xavotirda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz