Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

O'zbekiston Afg'onistonga noharbiy yuk tashishda yordam beradi


10/10/2008

[insert caption here]

Janubdagi qo・shni bu davlat O`zbekiston tomonidan xavotir bilan kuzatib kelinadi.

Sharhlovchilar fikriga ko`ra, prezident Islom Karimov NATO sammitida ishtirok etganidan so'ng Afg・oniston masalasiga diqqat-e・tibor kuchaygan. 

Urushni tugatish yo・lida qo・shni davlatlar bilan hamkorlik O`zbekiston tashqi siyosatining muhim yo`nalishlaridan biriga aylangan.

O`zbekiston prezidenti Islom Karimov NATO sammitida ishtirok etib qaytgach, mamlakat Afg`onistonga temir yo`l orqali noharbiy yuklar yetkazish loyihasiga qo`shildi. Termizdagi aerodromdan foydalanishda NATO uchun imkoniyatlar kengaydi.   

Latviya prezidenti Valdis Zatlersning O`zbekistonga tashrifi chog`ida Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun hamkorlikni kengaytirish muhokama qilingan.

O`zbekiston prezidenti NATO sammitida ko`targan tashabbusi, xususan, :6+2; guruhini NATO ishtirokida :6+3; tarzida qayta tiklash masalasini eslatib o`tdi.

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov tomonidan bu tashabbus BMT yig`ilishida ham ta`kidlab o`tildi.

Ekspertlar Islom Karimovning bu tashabbusini ko`proq siyosiy maqsadda qilingan bayonot deb baholagan edi.

Mazkur tashabbusdan qat・iy nazar Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda O`zbekiston qo`shayotgan hissa munozarali baholanadi. Ayniqsa, AQSh harbiy bazasi O`zbekistondan chiqarib yuborilganidan so`ng.

:Haqiqatan, Afg`onistonda vaziyat jiddiylashmoqda. O`zbekiston bu borada hissa qo`shishi mumkin. Bir chetda turmasligi kerak kuzatib. AQSh bilan aloqalar qanday rivojlanishidan qat・iy nazar. Afg`oniston qo`shni davlat, u yerdagi barqarorlik birinchi navbatda O`zbekiston uchun muhim;, - deydi siyosiy sharhlovchi Farhod Tolipov.

Mintaqa uchun xavf narkotik moddalari tranzitidan tashqari, ekstremizm tahdidi kuchayishi bilan ham bog`liq.

Afg`oniston va O`zbekiston o・rtasida bevosita aloqalar AQSh bilan harbiy hamkorlik rivojlangan paytda ancha muntazam kechgan edi. O`zbekistonlik quruvchilar bir necha inshootlar qurilishida ishtirok etgan, iqtisodiy munosabatlar ko`zga tashlanayotgan edi.   

Afg`oniston shimolida, asosan, o`zbeklar jamoasi istiqomat qilishiga qaramasdan, ikki o`rtadagi madaniy-ijtimoiy aloqalarda rivojlanish bor deb bo`lmaydi. Munosabatlar ko`proq energiya savdosi bian bog・liq.  

Afg`oniston o`zbeklari yetakchisi bo`lgan general Abdulrashid Do`stum ham O`zbekistonda muhokamaga chiqmaydigan mavzulardan.

Sharhlovchi Komron Aliyev nazarida Afg`onistondagi beqarorlik kuchayishida milliy masalalar ham muhim o`rin tutadi.

 :Afg`onistonda pushtunlar, o`zbeklar va tojiklar o`rtasida hamma vaqt qarshiliklar bo・lib kelgan. Pushtunlar markaziy hukumatda rahbarlar bizdan bo`lishi kerak deb iddao qilib kelgan. Shimoliy alyans qatnashuvida Afg・onistonda hukumat o`zgarib, Hamid Karzay hukumatga kelgan bo`lsa, keyinchalik alyansning ayrim vakillari hukumatdan chetlatila boshladi. Jumladan, mudofaa vaziri Fath chetlatildi. Shuningdek, general Do`stumning ham ayrim imkoniyatlari cheklandi. Bu yerda hali millatlar o`rtasidagi qarshiliklar masalasi to`g・ri hal etilgani yo`q;, - deydi sharhlovchi Komron Aliyev.

Ma`lumotlarga ko`ra, Afg・onistonda taxminan to`rt millionga yaqin o`zbeklar yashaydi. O`zbekiston qo`shni davlat bilan ta`lim va madaniy sohalarda aloqalarni rivojlantirish muhimligini ta`kidlamoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz