Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Afg'onlar bolani ko'knor berib ovutadi, dardni afyun bilan yengadi


31/05/2008

Xalqaro hamjamiyat, ya¡¦ni dunyo siyosatini tebratuvchi davlatlar, tashkilotlar va rahbarlar nazarida Afg¡¦oniston, shubhasiz, yer yuzidagi eng zaif jamiyatlardan biri.

AQSh uni qoloqlik botqog¡¦idan olib chiqishni va¡¦da qilgan, ammo taraqqiyot juda sekin. Afg¡¦oniston nafaqat eng ko¡¦p qoradori yetishtiradigan mamlakat, balki aholisining katta qismi afyun va ko¡¦knorsiz yashay olmaydi.

Balx viloyati ¡V gilamchilar yurti. Gilam to¡¦qish asosan turkmanlar yashovchi bu o¡¦lkada avloddan-avlodga o¡¦tib kelayotgan kasb.

Avlodlarni zanjirlab olgan afyun esa O¡¦zbekiston bilan chegaradosh bu mintaqa ahlini yemirib keladi. Mana bu onaxon o¡¦zini Najiba deb tanishtiradi. 

¡§To¡¦qigan gilamlarimni shahardan kelib olib ketishadi¡¨,- deydi u. ¡§Qishloqda do¡¦xtir yo¡¦q. Butun vujudim og¡¦riydi. Azobni afyun yengadi. 16 yildan beri shu ahvol. Kunim ko¡¦knor bilan boshlanib, ko¡¦knor bilan tugaydi¡¨,- deydi u.

"Erta bilan turib, afyun qani deyman¡¨. 

Qancha miqdorda?

¡¨No¡¦xatdek. Kuniga ikki marta¡¨.

Najibaning kelini sil bilan kasallangan. Yig¡¦loq nabirasini ham afyun berib ovutadi. ¡§Ish qilmasam, gilam to¡¦qimasam, oilam och qoladi axir¡¨,- deydi onaxon.

¡§Har tong ko¡¦knor qaytanib, bolaga ichiramiz. Kuni bilan uxlaydi¡¨.

Giyohvandlik Afg¡¦onistonda faqat qishloqlarga xos illat emas.

Shifokor Muhammad Farid Bazgar millionlab afg¡¦onlar qoradoriga mukkasidan ketgan deydi. Giyohvandlik jins, yosh, qishloq yoki shahar tanlamaydi.

BMT Qoradori va Jinoyatga Qarshi Kurash Idorasiga ko¡¦ra, Erondagi qochqinlar lagerlaridan vatanga qaytayotgan yoshlar afyunga shu qadar berilganki, ularni vaqtida olmay, talvasaga tushib, jon berayotganlar ko¡¦p.  

Afg¡¦oniston afyuni Eron va Markaziy Osiyo orqali bozorga chiqadi.  

30-40 yil ilgari geroin desangiz, odamlar bu nima deb so¡¦rar edi. Uzoq yillik urush boshqa muammolar qatori shu baloni ham boshimizga olib keldi. Zurriyotimizni tamoman zaharlamoqda¡¨.

Do¡¦xtirlar giyohvandlik zararini tushuntirishga urinmoqda. Ba¡¦zilar quloq tutmoqda, boshqalar esa xavfli kasalliklarni orttirib bo¡¦lgan ¡V SPID keng tarqalib bormoqda.

Tinchlik va to¡¦qlik bu muammolarga asta barham berishi mumkin deydi mutaxassislar. Savodsizlik, ishsizlik, imkoniyatsizlik va parokandalikni yengish kerak.

Ungacha esa Afg¡¦onistonning qishloq va shaharlarida qozonini zo¡¦rg¡¦a qaynatayotgan aholi malhamni ko¡¦knordan izlayveradi. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz