Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Afg'oniston ko'knordan qutulmoqchi, ammo pul va iroda yetarli emas


01/06/2008

AQSh Afg・onistonda ko・knor dalalarini yo・q qilish uchun shu kungacha millionlab dollar sarfladi. Masala ustida minglab mutaxassis va rasmiy ishlamoqda.

Ammo BMT hisobicha mamlakatda qoradori savdogarlari o・tgan yili to・rt milliard dollar daromad qilgan. Vashington va Kobul masalani qanday yechish ustida o・ylanar ekan, Nangahor kabi viloyatlarda ko・knor maydonlari kengaygan.

2005 yilda Nangahor ko・knor ekishdan voz kechishda birinchilik qilayotgan edi.

Afg・onistonda eng ko・p qoradori yetishtiradigan viloyatdan deyarli :toza; mintaqaga aylangan edi.

AQSh ajratgan mablag・ yordamida dehqonlar boshqa ekinlar ekishga kirishgan, sug・orish yo・llari tiklanib, Kobul daryosidan keladigan suv umid manbai deya qaralayotgan edi.

Dehqonlar ko・knor emas, sabzavot va meva yetishtirishga o・tgani uchun hukumatdan ancha yordam kutgan edi. Oradan ikki yil o・tib, Nangahorda yana ko・knor dalalari barq urmoqda.

:Dehqonlar yana ko・knorga qaytdi. Chunki usiz oilasini boqa olmaydi. Hukumat yordam ajratib, muammolarni yecha olganda, balki arzonroq mahsulot yetishtirishga o・tgan bo・lardi. Aholi juda qashshoq;, -deydi dehqonlardan biri.

Afg・oniston dunyoda eng ko・p afyun chiqaradigan mamlakat ekan, Nangahorning lalmi yerlari ustida qizg・in jang ketmoqda. Xalq qoradori bu mamlakatni boyitmasligini biladi. Ammo Afg・onistonda bundan-da daromadbop yana nima bor? 

Ko・knorni ildizi bilan yo・qotish kerak, deydi AQSh Qoradoriga Qarshi Kurash Idorasi rahbari, diplomat Tomas Shveych.

:BMT kelasi yilgacha ko・knor maydonlarining 20 foizini buzib tashlashni  talab qilmoqda. Bu bilan AQSh yoki afg・on hukumati ekinzorlarni kamaytirmoqchi emas. Dehqon uchun muqobil imkoniyatlar yaratish kerakligini tushunamiz. Lekin ularning ko・knor ekishini kamaytirish uchun ekinzorni buzib tashlash kerak;.  

Hukumat qabila oqsoqollaridan dehqonlarga nasihat qilishni so・rab keladi. Lekin bugun keksalar uchun ham :ko・knor ekma; deyish qiyin. 

Qurg・oqchilikdan zahmat chekyapmiz, deydi Dur Jon ismli otaxon. Bu mintaqada bug・doy yoki sholi yetishtirish qiyin. Ko・knorning bir mavsumi boshqa ekinlarga qaraganda ko・proq daromad keltiradi.

Qishloqlarda aholi suvsizlikdan qiynalmoqda. :Ob-hayotni bir necha  kilometr uzoqdan piyoda olib kelamiz;, - deydi manavi dehqon.  

;O・tgan yili hukumat bizga ko・knor ekmasangiz iqtisodiy yordam beramiz deya va・da qildi. Odamlar jon deb rozi bo・ldi. To・rt ming xo・jalikka 400 qop o・g・it berishdi. Bu yil esa butun qishloq uchun har biri 20 kiloli 60 qop un berishdi. Shu ham iqtisodiy yordam bo・ldimi;?

Achchiq haqiqat shuki afg・onlar uchun boshqa hech bir hosil ko・knordek daromad keltirmaydi. Lekin turmush uchun shu ham yetmayapti. Dehqonlarning hammasi qoradori savdogarlardan qarzdor ekanini aytadi.  

Afg・on hukumati ham, Amerika rahbariyati ham ko・mak darajasini oshirishga so・z bergan. Rasmiy va・dalarga ishonmaymiz deydi dehqonlar. Qishloq xo・jaligi qayta tuzilmas ekan, biror yutuqqa erishish qiyin deydi mutaxassislar. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz