Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQSh O'zbekiston dehqonlariga yordam berishga urinmoqda


20/06/2008

[insert caption here]

USAID, ya'ni AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi O`zbekiston dehqonlariga meva va sabzavotlarni dunyo standartlariga ko`ra yetishtirish, saqlash va bozorga yetkazish borasida ko`mak beruvchi loyihani ishga tushirgan.

USAIDning qishloq xo`jaligi bo`yicha aloqalarni rivojlantirish dasturining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sharof Mashrabiy so・zlariga ko`ra, O`zbekiston bilan qishloq xo・jaligi bo`yicha hamkorlik qilishda davlat monopoliyasiga tegishli bo`lmagan mahsulotlar tanlangan.

:Biz tanlagan mahsulotlar - ho・l mevalar, gilos, uzum, quruq mevalar. E・tibor berilsa, bu sohalarda davlatning aralashuvi kam, biz qilgan ishimizdan natijani ko`rsatish uchun shu mahsulotlarni tanladik. Loyiha Toshkent, Samarqand, Namangan va Farg`ona viloyati fermerlariga yordam berib, hosildorlikni ko`tarish, ishlab chiqarishni rivojlantirishni ko・zlaydi;, - deydi Sharof Mashrabiy.

Loyiha uch yilga mo`ljallangan, qiymati 5,5 million dollar. Bu mablag` agrofirmalar bazasini yaxshilash, fermerlar malakasini oshirishga sarflanadi.

Mazkur loyiha, asosan, agrofirmalar bilan ishlashni nazarda tutadi. O`zbekistonda agrofirmalar ko`proq davlat va fermer xo`jaliklari o`rtasida vositachi, fermer xo`jaliklariga xizmat ko`rsatuvchi tashkilot hisoblanadi.

Mazkur loyihaning biznes bo`yicha maslahatchisi Mo`minjon Xoshimov so・zlariga ko`ra, ayni paytda ko`plab agrofirmalar o`z vazifasini bajara olmayapti, ularga malaka yetishmaydi.

:O・rganib ko`rdik, agrofirmalarning 10 tasidan bittasi o`z vazifasini bajarmoqda, ikkinchisi to`liq bajara olmayapti. Qolgan 7-8 tasi esa mutlaqo bajarmaydi. Buning har xil sabablari bor, qonunga ko`ra, agrofirmalar xizmat ko`rsatishi kerak. Yangi xizmat ko`rsatish esa talab asosida ixtiro qilinishi kerak, o`rganilishi kerak. Ulardagi mutaxassislarda esa bunday malaka etishmaydi;, - deydi u.

Mo`minjon Xoshimov so・zlariga ko`ra, asosiy maqsad agrofirmalarni jonlantirish orqali fermerlarga yordam ko`rsatish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulotni qadoqlash, transportirovka qilishda tajriba almashish. 

Mavjud fikrga ko`ra, hamkorlik loyihasi o`zbek dehqonlarini yangi xalqaro darajadagi standartlarga muvofiq meva sabzavot yetishtirish, uni xaridorlarga taklif qilishni o`rgatadi.

Davlat monopoliyasidan tashqarida hisoblangan meva-sabzavot yetishtirish bilan shug`ullanuvchi xo`jaliklar, agrofirmalar oldidagi muammolardan biri shundaki,

faqat sanoqli kompaniyalar qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksport qilish vakolatiga ega.

Don va paxta yetishtirayotgan dehqonlar o`z mahsulotini mutlaqo eksport qila olmaydi. Meva-sabzavot yetishtiruvchi dehqonlar mahsulotini tashqariga chiqarishda qattiq to`siqlarga uchramoqda. Chegaradagi to・siqlar, korruptsiya va hokazo.

Loyiha rahbari Sharof Mashrabiyning aytishicha, meva-sabzavot eksporti jiddiy masala, loyiha mualliflari mazkur muammoni hal etish vakolatiga ega emas, biroq bu borada tavsiyalar ishlab chiqish mumkin.

:Bu muammolar siyosiy tomonga to`g・ri keladi, biz ko`proq texnik tomonlarni hisobga olamiz, bunday holatlarni o`rganayapmiz va turli uchrashuvlar, muhokamalar tariqasida tegishli tashkilotlarga o`z fikrlarimizni yetkazishga harakat qilamiz;, - deydi Mashrabiy.

Mazkur loyiha AQSh va O`zbekiston o`rtasida davom etib kelgan sovuqchilikdan so`ng amalga oshayotgan ilk va sanoqli hamkorliklardan bir. Loyiha tashkilotchilari so・zlariga ko`ra, O`zbekiston hukumati hamkorlikni qo`llab-quvvatlagan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz