Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Jahon Banki O'zbekiston uchun 300 million dollar ajratmoqda


22/06/2008

Jahon Banki
Jahon Banki
Jahon Bankining O'zbekiston bilan 3 yilga mo`ljallanagan strategiyasidan maqsad aholi turmush darajasini ko`tarish, buning uchun esa 300 million dollar ajratilishi kutilmoqda. 

Jahon Banki ma`muriyatining takidlashicha, O`zbekiston hukumati bu strategiyani qo`llab-quvvatlamoqda. 

Aholi uchun mo`ljallangan mablag` nimaga va qanday sarflanishi jamoatchilik bilan muhokama qilinishi kerak deydi ayrimlar.

Jahon Banki qabul qilgan yangi strategiya O`zbekiston hukumati va Jahon Banki o`rtasida deyarli to`xtagan aloqalarning yana izga tushayotganidan dalolat beradi.

Tahlilchilarning aytishicha, Jahon Bankining yangi strategiyasi avval qabul qilingan strategiyadan farqli o`laroq, islohotlar yuzasidan shartli tavsiyalar qo¡¦ymaydi, ko`proq O`zbekiston hukumatiga ishongan holda ish yuritadi.

2011 yilgacha mo`ljallangan yangi reja bevosita aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan yillik loyihalarga mablag` ajratadi. Biznes muhitini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylarida aholi daromadinini ko`tarish, qishloq xo¡¦jaligi tizimida o`zgarishlar qilish, sog`liqni saqlash va  atrof-muhitni asrash kabi sohalarda ish olib borilishi kerak.

Sharhlovchi Toshpo`lat Yo`ldoshev so¡¦zlariga ko`ra, 300 million dollarlik yordam O`zbekiston hayotida sezilarli o¡¦zgarish qilishi mumkin.

¡§Qishloq xo`jaligida ishlayotganlarga ma`muriy ta`sirni kamaytirish, korrupsiyani olib tashlash haqidagi tavsiylar albatta bo`ladi. 300 million O`zbekiston uchun katta mablag`. Bu faqat Jahon Banki emas, G`arb mamlakatlarining O`zbekiston bilan aloqani tiklashda qo¡¦ygan birinchi qadami¡¨, - deydi Yo`ldoshev.

Bank O¡¦zbekiston bergan va`dalarga ishonib, birinchi bo¡¦lib harakat qilishga kirishdi, investitsiya ajratdi deydi u.

Siyosiy sharhlovchi Farxod Tolipov so`nggi paytda Garb va O`zbekiston aloqalaridagi iliqlashuv Bank siyosatiga ham tasir qilgan, avval qo¡¦yilgan qat¡¦iy talablar yumshatilgan deydi.

Farxod Tolipov hozirgi vaziyatda O`zbekiston uchun mazkur yordam o`ta muhim degan fikrda.

¡§300 million dollar ajratilgan ekan, bu pul qayerga ketayapti, nimaga sarflanayapti, natijasi qanday bo`layapti ¡V buning hammasi ochiq ko¡¦rsatilishi kerak. Jahon Banki mablag`ni aholining turmush darajasini ko`tarish uchun ajratmoqda, aniq bir inshoot qurish uchun emas. Xalq bu yordam qanday ishlatilayapti deb qiziqishga haqli¡¨, - deydi Tolipov.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi