Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik


01/07/2008

Oliy Majlis
Oliy Majlis ratifikatsiya bilan respublikaga chet eldan sarmoya kela boshlaydi deb umid qilayotgan bo'lishi mumkin, ammo qonun hozircha faqat qog'ozda. Shu paytgacha ma'qullangan o'nlab xalqaro hujjatlar qatorida chang bosib yotibdi.
O¡¦zbekiston Oliy Majlisi BMTning korrupsiyaga qarshi kurash bo¡¦yicha xalqaro konvensiyasiga qo¡¦shilish haqidagi qonunni ma¡¦qullagan.

Konvensiyaga qo¡¦shilish, deya bildiradi Oliy Majlis matbuot xizmati, sud va huquq tizimi va davlat xizmatini takomillashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash uchun xizmat qiladi. 

Sharhlovchilar nazarida esa xalqaro hujjatni yoqlash bilan O¡¦zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash boshlandi deya olmaymiz. Chunki, deydi ular, mamlakatda korrupsiya ildiziga bolta uruvchi vositalar ¡V matbuot va nohukumat tashkilotlar juda zaif. 

Ommaviy axborot vositalari siyosiy bosim ostida faoliyat yuritadi. Mamlakatda hukumatni yoqlagan tashkilotlargina ishlay oladi.

O'zbekistonda korrupsiya ildiz otmagan sohani topish qiyin. Korrupsiya tirikchilikning bir qismi va aholi turmush tarziga singib bo'lgan.

Mutaxassislar davlat boshqaruvining o'zi korrupsiyaga asoslangan deydi. 

"Korrupsiya hukumatning umurtqa pog'onasi hisoblanadi, ya'ni har bir lavozimga tayinlash uchun pora olish... Bularni yo'qotadigan bo'lsa, tuzumning o'zi ham yo'qoladi. Ratifikatsiya qilingan qonun hech narsani bildirmaydi. Tepadagi rahbarlarda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun siyosiy irodaning o'zi yo'q. Bitta buyruq bilan bu boradagi milliy qonunni qabul qilish mumkin edi. Ratifikatsiya qilingani bilan bu milliy qonun bo'lmasa, u qanday amalga oshadi ", - deydi sharhlovchi Toshpo'lat Yo'ldoshev.

Bundan sal avval Oliy Majlis odam savdosiga qarshi kurash bo'yicha qonun loyihasini muhokama qilgan edi. Bu borada qabul qilingan qonunlar samarasi ham shubha ostida.

Tahlilchilar nazarida Toshkentda keyingi paytda bir qator xalqaro konvensiyalarning ratifikatsiya qilinishi asosan xalqaro hamjamiyat ko'zi uchun, xo'jako'rsinga qilinayotgan harakatlardir. 

Toshpo'lat Yo'ldoshev fikricha bu qonunlar ijrosi uchun zarur mexanizmlar - ijro vositalari mavjud emas.

"Butun siyosat o'zgartirilganidan keyingina ijro mexanizmi bo'ladi. Qonunlar ijrosi jamoatchilik va matbuotga borib taqaladi. O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun zarracha ham sharoit yo'q", - deydi sharhlovchi.

Keyingi paytda viloyat va tuman miqyosida bir necha hokim ishdan olindi. Ularning ayrimlari korrupsiyaga aloqadorlikda ayblanib sudga tortilgan.

"Hokimlar yoki boshqa yuqori amaldorlarga nisbatan jinoiy ishlar qo'zgatilishi muntazam davom etishi kerak. Mamlakatda yulg'ich amaldorlarning soni juda ko'p. Bu narsaning vaqti-vaqti bilan qilinishi qonun tanlov asosida ishlayapti degan xulosaga olib keladi. Hukumat doirasidagi korrupsiya hech kimga sir emas. Buni yuqori lavozimdagilarning o'zi ham biladi.  Shuning uchun ratifikatsiya qilishdan boshqa imkoniyat ham qolmagan bo'lsa kerak", - deydi tahlilchi Abdusalom Ergashev.

Sharhlovchilarga ko`ra mamlakatdagi iqtisodiy muhitga ishonch kam. Oliy Majlis ratifikatsiya bilan respublikaga chet eldan sarmoya kela boshlaydi deb umid qilayotgan bo'lishi mumkin, ammo qonun hozircha faqat qog'ozda. Shu paytgacha ma'qullangan o'nlab xalqaro hujjatlar qatorida chang bosib yotibdi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari  Audio Clip Available
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz