Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQShda makka dalalalari kengaygan, ammo daromad past

15/07/2008

[insert caption here]

AQShda bu yil yog・ingarchilik mavsumi qattiq kelib, minglab gektar ekinzorlarni yuvib ketdi. 

Makkajo・xorisi bilan tanilgan markaziy shtatlarda dehqonlar bu yilgi mo・l hosil va katta daromaddan umidni uzgan. 

O・tgan yillarda Amerikada makkajo・xori dalalari kengaygan, chunki undan muqobil yonilg・i sifatida ko・riluvchi - etanol olinadi. 

AQSh makkajo'xori yetishtirishda dunyoda birinchi o'rinda turadi - yiliga o'rtacha 280 million tonna. Jahon bozoriga chiqadigan makkaning yarmi.

Ayova shtatida suv toshqinlari kuzatilmadi, ammo tinimsiz yog・ingarchilik sabab ekinlar urinib, jo・xori yaxshi o・smadi. Namlik juda yuqori.

O・nlab gektar yerini faqat makkajo・xoriga ajratgan fermer Milo Raffkorn bu yil hosilning barakasi bo・lmaydi deydi.

"Birinchidan urug・ni vaqtida eka olmadik. Rosa yomg・ir quydi. Ekin juda sekin o・sayapti. Hammayoqni suv bosgan. Odatda bu paytda ekinzorlarimiz barq urib turar edi".

Lekin mahsulot narxi baland ekan, bu dehqonlar makkadan boshqa narsa ekmoqchi emas.

:Hamma narsani bozor hal etadi. Shuning uchun umidni boy bermayapsiz. Boriga baraka-da;,- deydi Raffkorn.

Mahsulotni yetishtirish ham arzon emas. 

U.S. corn productionis expected to increase by 15 percent this year

Hamma narsaning bahosi oshgan, deydi qo・shni fermer Larri King. 

;O・g・it qimmat, yonilg・i qimmat;.

Bu yil katta maydonga jo・xori qayta ekildi. Ortiqcha xarajat va vaqt sarflandi. 

;O・tgan yilgiga qaraganda ikki barobar kam hosil olsam kerak;,- deydi King.

Makka etanol manbai ekan, narxi kun sayin oshib bormoqda.

Bu bilan esa boshqa qishloq xo・jalik mahsulotlari ham qimmatlashgan.  

Texasdek yirik agrar shtat gubernatori Rik Perri "rancholarimizdan ayrilayapmiz",- deydi. "Kongress etanol ishlab chiqarishni targ・ib qilishdan ko・ra, fermerlarga yordam bersin",- deydi u.

Milo Ruffcorn
Fermer Milo Raffkorn bu yil hosilning barakasi bo'lmaydi deydi
"Besh yil oldin muqobil yonilg・i manbalari borasida yangi siyosat bilan chiqilganda bozorda narx bu qadar yuqori emas edi. Bugun cho・ntagimiz ancha bo・shab qolgan",- deydi gubernator. 

Brayan Jennings, "Etanol uchun Amerika Koalitsiyasi" degan tashkilot rahbari, narxning oshishiga muqobil yonilg・i sababchi emas deydi. 

"Inflyatsiyaga etanol aybdor emas. Uning hissasi balki 2-3 foizga to・g・ri keladi. Oziq-ovqat narxi oshishi ortida boshqa bir qator siyosiy masalalar turibdi".

Nega neft narxi ko・tarilgani haqida gapirmayapti deya so・raydi Jennings.

Uningcha ekologik muammolar ham chetda qolib ketayapti. Hamma birdek aziyat chekmoqda.

"Muammolar hammaga birdek ta・sir qilmoqda. Ona tabiat oldida hammamiz ojizmiz. To・fon va toshqinlar o・tgan yillarda neft sanoatiga ko・p zarar yetkazdi".

Ona tabiat haqida dehqondan yaxshiroq biladigan kim bor?

Oziq-ovqat qimmatlashganidan noliyotgan odamlar dehqonning ahvolidan xabar olsin deydi fermer Milo Rafkorn.

"Qishloq xo・jalik mahsulotlarining bahosi ko・tarilgani bilan dehqon boyib ketayotgani yo・q. Talab katta, ammo uni qondirish fermerlarga ham juda qimmatga tushmoqda". 

Tabiat ko・ngliga qarab ish tutishga o・rgangan dehqonlar alamni yerdan olmoqda. Ekin parvarishlanmoqda, o・g・it bilan to・ydirilmoqda va juda bo・lmaganda xarajatni qoplay oladigan hosil kutilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz