Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda


15/07/2008

O'zbekiston valyutasi
Muzokaralar hatto hukumat tanqidchilari tomonidan ham olqishlanmoqda 
Qozog'iston va O'zbekiston erkin savdo hududini tashkil etish yuzasidan muzokara boshlagan. 

Sharhlovchilar fikricha ikki davlat orasida erkin bozor muhitining qaror topishi mintaqa integratsiyasi uchun ham muhum turtki bo'ladi.

Qozog'iston  bosh vaziri o'rinbosari Umrzoq Shukuyev Toshkentda O'zbekiston bosh vazir o'rinbosari Rustam A'zimov bilan masalani muhokama qilgan.

Umumiy bozor yaratish rejasi prezident Islom Karimovning Ostonaga tashrifi chog'ida ham ta'kidlangan edi.

Azimov
Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov Qozog'iston bilan muzokaralarga boshchilik qilmoqda
Hozirda bu maqsadda hukumatlararo ishchi guruh tuzilgan. Uni O'zbekiston tomondan Rustam Azimov, Qozog'iston tomondan Umurzoq Shukiyev boshqarmoqda.

Muzokara tafsilotlari hali aniq emas, ammo shu ma'lumki, Qozog'iston nazarida erkin savdo nafaqat boj to`lovlarini cheklashi, balki aksiz markalarini tartibga keltirishi, migratsiya, investitsiya va chegaradan o'tish jarayonini ham yengillashtirishi lozim. 

Sharhlovchilar rasmiy Toshkent bilan yuqoridagi masalalarda bir kelishuvga kelish qiyin bo'ladi degan fikrda.

Misol tariqasida O'zbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati doirasidagi bir necha bitimlarni hamon imzolamagani keltiriladi.

Muxolifatdagi "Birlik" partiyasi raisi o'rinbosari Po'lat Oxunga ko'ra, bu kabi qarashlardan qat`iy nazar umumiy bozor yaratish harakati e'tirofga loyiq.

"Biz hamisha yonma-yon yashaganmiz. Tabiatan shunday munosabatlar boshlanishi kerak o'zi. Qozog'istondan qo'shimcha investitsiya kelib, yangi ish joylari paydo bo'ladi. Bu harakat O`zbekiston iqtisodini ijobiy tomonga burishiga ishonaman", - deydi Oxun.

tenge
Sharhlovchilar nazarida Qozog'iston bilan erkin savdoga kirishish har tomonlama foyda keltiradi
Lekin, deydi Oxun, erkin savdo hududi yaratish rejasi ikki davlat rahbarlarining shaxsiy ambitsiyalariga taqalmasligi kerak. 

"Rahbarlar shunchaki yuzaki emas, haqiqatdan chuqur ishonch bilan bunga yondashayotganini ko`rsatsa, bu nafaqat Qozog'iston va O'zbeiston, balki butun mintaqada shunday hudud tashkil qilish uchun yo'l ochishi mumkin", - deydi Po`lat Oxun.

Qozog'iston va O'zbekiston o`rtasida erkin savdo hududini yaratish jarayoni shu yil oxiriga qadar yakunlanishi ko'zda tutilgan.

Yaqinda Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi asosiy chegara posti "G'isht ko'prik" uchastkasi ta'mirlash uchun yopildi. Uchastka yil yakuniga borib yangi shart-sharoitlarga ko'ra ish boshlashi kutilmoqda. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?

  Boshqa xabarlar
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi