Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas


20/07/2008

[insert caption here]

Sharhlovchilarning aytishicha, bu yil yog・ingarchilik kam kelishi birinchi navbatda g`allakorlar hosilida bilingan. Ko`plab fermerlar davlat planini bajara olmagan. 

Suv taqchilligini hukumat e`tiborga olmagan, davlat rejasini bajarmagan fermerlardan bug`doy o`rniga pul undirilmoqda, bozordan bug・doy sotib olib, davlatga topshirishga majbur qilinmoqda. Bozorda bir kilo bug`doy narxi ming so`mga ko`tarilgani ta・kidlanadi.

O`zbekiston prezidentining g`allakorlarga yo`llagan tabrigida og`ir iqlim sharoiti, qurg`oqchilikka qaramasdan yuksak xirmon ko`targan dehqonlarga minnatdorchilik bildiriladi. Davlat rahbari bu yil g`alladan ko`rilgan daromad eng yuqori ko`rsatkichga chiqqanini aytadi.

Biroq bu ko`rsatkichga erishish dehqonlar uchun o`ta qimmatga tushgan, ayrimlari mol-holini sotib, davlat plani uchun bug`doy olgan, boshqalari davlatdan qarzligicha qolmoqda. Xabarlarga ko`ra, mahalliy hokimiyat bunday fermerlardan yerni tortib olishga qaror qilgan.

Fermerlardan birining aytishicha, g`alladan daromad ko`rayotgan dehqon emas, bu yilgi mavsum ham shuni ko`rsatgan, bug・doy dehqonlardan suv tekinga sotib olingan.

:Dunyoda bug・doy narxi 450-500 dollarga bordi, bizdan kilosini 175 so`mdan olishayapti. Davlat o`z dehqoniga haqiqiy narxning 25 foizini berayapti, deyarli sadaqa hisobida. Bundan ko`ra tekinga olsa ham bo`lardi, lekin o`rim qimmat, yoqilg`i, o`g`it, texnika xizmati dunyo bozori narxida. Hozir bozordan keldim, bug`doy ming somga ko`tarilgan, bug`doy yo`q. Bug・doyni xalqdan militsiya yordamida tortib olishdi;, - deydi bu fermer.

Ta`kidlanishicha, bu yil fermerlar 6 million 187 ming tonna hosil yig`ishtirgan, bundan tashqari 3 million 300 ming tonnaga yaqin bug`doy fermerlarda, dehqonlarning o`zida qolgan.

Ayrim fermerlar dehqonlarga bug`doy qoldirilganiga shubha bilan qaraydi, hosildorlik ko`rsatkichi yil sayin pasaymoqda, davlat plani esa ko`tarilib bormoqda.

:Bunga ishonmayman. Qanday qoladi? Qolgan bo`lsa, 500 tonnasi qolgandir, uniyam o`zi o`rib, yashirib olmagan bo`lsa. Ayrim fermerlar 50 sentnerdan olgan bo`lsa, o`ziga qolgan bo`lishi mumkin, lekin 40-50 tonnaga yetkazadigan fermerlarning o`zi yo`q. 20-22 sentner beradi hozir bizning yerlar, 100 tadan bittasiga 500 tonna qolgandir. Endi har bir gap, yolg`onligi ma`lum-ku, ko`zbo`yamachilik;, - deydi fermerlardan yana biri.

Sharhlovchilar nazarida mamlakatda qishloq xo`jaligi bo・yicha yuritilayotgan siyosat ham asosan kuchga tayanmoqda. O`zbekiston bug`doy hosilini militsiya yordamida yig`ishtirayotgan sanoqli davlatlardan biri.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz