Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Yaponiya Markaziy Osiyoda Xitoy bilan bellashmoqda


27/07/2008

O`zbekiston Yaponiya bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Yaponiya moliya vaziri Fukishiro Nukaganing yaqinda Toshkentga qilgan safari ham ikki davlat o`rtasidagi hamkorlik ko`lamini kengaytirishga qaratilgan. 

Sharhlovchilar fikriga ko`ra, ilg`or demokratik davlatlar safida bo`lgan Yaponiya O`zbekiston bilan aloqani ortiqcha bayonotlarsiz, bir maromda olib bormoqda. 

Yaponiya O`zbekiston bilan hamkorlikni boshlagandan buyon mamlakat iqtisodiyotiga taxminan ikki millard dollar investitsiya kiritgan. 

Sharhlovchilar fikriga ko`ra, bu mablag・ O`zbekistonga kiritilayotgan boshqa sarmoyalar bilan qiyoslaganda ancha ko`p. Yaponiya investitsiyasi energetika zaxiralari, to`qimachilik va ta・lim sohalariga to`g`ri keladi.

Shuningdek, Yaponiya O・zbekistonga turli darajada beg`araz yordam ham ko`rsatib keladi. Afg・onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, qashshsoqlikka qarshi kurash, bozor tizimini shakllantirish kabi tadbirlar uchun ko`rsatilgan beg・araz yordam shular jumlasidan.

Sharhlovchilar Yaponiya O`zbekiston hukumatini siyosiy jihatdan ham qo`llab-quvvatlab kelganini ta`kidlaydi. O`zbekiston hukumati xalqaro hamjamiyat tomonidan izolyatsiya qilingach, Yaponiya bosh vazirining O`zbekistonga tashrifi ana shunday baholangan edi.

Dunyo iqtisodiyoti yetakchilaridan biri hisoblangan Yaponiyaning O`zbekistondagi manfaatlari yuzasidan turli mulohazalar bor.

Siyosiy sharhlovchi Farxod Tolipov nazarida Yaponiya global siyosatda faol ishtirok etish orqali o・z xavfsizligini ta・minlaydi. Rivojlangan va energetika importiga bog・lanib qolgan Yaponiya Markaziy Osiyo zaxiralarini ko・z ostiga olmoqda.

:Albatta, Yaponiya ham AQSh va Yevropa kabi energetika yo`nalishlarini diversifikatsiya qilishdan manfaatdor, doimo bir mintaqaga bog・lanib qolmasligi uchun;, - deydi Tolipov.

Muxolifatdagi sharhlovchilardan biri Po`lat Oxunning aytishicha, Yaponiya mintaqa energetikasidan manfaatdor deyish qiyin. Global miqyosda umuminsoniy qadriyatlarni ilgari sursa-da, O`zbekiston bilan munosabatlarda bu ko`zga tashlanmaydi deydi u.

Farxod Tolipov so・zlariga ko`ra, Yaponiyada Markaziy Osiyoda barqarorlik, bu mintaqa bilan hamkorlik strategik maqsadlardan biri. Yaponiya diplomatiyasi uchun O`zbekistonda inson huquqlari masalasi befarq deyish xato bo・lar edi.

:Albatta bu borada AQShchalik harakat qilmasa ham demokratiya qanchalik muhimligini ko`rsatib turibdi, faqat siyosati sal yumshoqroq. Sobiq bosh vazirning tashrifini eslasak, O`zbekiston-AQSh aloqalari mutlaqo yomonlashgan bir payt edi. (Junichiro) Koidzumi shunda ikki narsani ta`kidladi. Birinchidan, O`zbekiston-AQSh aloqlarini tiklashga Yaponiya yordam berishi mumkin, ikkinchidan, O`zbekistonda tinchlik hukm surishi uchun demokratiya muhim. Yaponiya yuksak rivojlangan sharqiy demokratik davlat sifatida demokratiyaning muhim ekanini hamisha ta`kidlab kelgan;, - deydi Tolipov.

Po`lat Oxunning aytishicha, Yaponiya mintaqada Xitoy bilan bellashib keladi.

:Xitoy bilan raqobatchilik yuzasidan mintaqada joylashib, ta`sirini oshirishga harakat qilayotgan bo`lsa kerak. Mintaqa davlatlariga ta・sir ko`rsatib, Yaponiya manfaatlarini ilgani surish asosiy maqsad;, - deydi Po`lat Oxun.

O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida strategik sheriklik haqidagi bitim imzolangan, Yaponiya moliya vazirining O`zbekistonga tashrifidan so`ng sarmoya hajmi oshishi taxmin qilinmoqda. 

O`zbekiston uran moddasini Yaponiga sotish bo`yicha ham shartnoma imzolagan, hozirda uran qazib chiqarishga ixtisoslashgan qo`shma korxona bunyod etish ustida muzokaralar bormoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston aloqalari iliqlashar ekan, ta'lim imkoniyatlari ko'payishi mumkin

  Boshqa xabarlar
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
Qo'shma Shtatlar Liviyaga elchi tayinlamoqda
Eksport cheklovlarini vaqtincha bekor qilishga kelishib olindi
Barak Obama Rossiya bilan qanday murosa qiladi?
AQShda prezident saylovlari natijasini yoshlar hal qilgan
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz