Amerika Ovozi  Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Uzbek Broadcasters


CevdetCevdet Seyhan
(uzbek@voanews.com)

Javdat ¡§Amerika Ovozi¡¨ O¡¦zbek xizmati mudiri hamda radio va teledasturlar prodyuseri. Televidenie va radio sohasida 1985 yildan beri ishlab keladi. Ota-bobolari aslida Farg¡¦ona vodiysidan, ammo o¡¦zi Turkiyada tug¡¦ilib, katta bo¡¦lgan. Istanbul Davlat Universitetida muhandislik fakultetini bitirgan. Keyinchalik Vashingtondagi Amerika Universitetida (American University) tasviriy media bo¡¦yicha magistrlik darajasini olgan. Mudirlik lavozimiga tayinlanishidan avval, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo¡¦limi bosh prodyuseri, undan oldinroq esa O¡¦zbek xizmati bosh prodyuseri hamda ¡§Amerika Ovozi¡¨ TV da rejissyor vazifalarida faoliyat ko¡¦rsatgan.



Navbahor Imamova
(uzbek@voanews.com)

Navbahor ¡§Amerika Manzaralari¡¨ turkumi ostidagi ilk televizion ko¡¦rsatuvlar muallifi va boshlovchisi. Shuningdek, kundalik radio dasturlarni olib boradi. ¡§Amerika Ovozi¡¨ O¡¦zbek xizmatida 2002 yildan beri ishlab keladi. Jurnalistik faoliyatini 1996 yilda O¡¦zbekiston Davlat Teleradiokompaniyasining ¡§Xalqaro Hayot¡¨ redaksiyasida muxbir sifatida boshlagan. 2000-2001 yillarda O¡¦zbekiston Davlat Jahon Tillar Universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Jurnalistika, ommaviy axborot vositalari va siyosiy fanlar bo¡¦yicha Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore) bakalavrlik darajasini, AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) esa magistrlik unvonini qo¡¦lga kiritgan. Toshkent viloyati Bo¡¦stonliq tumani Qo¡¦shqo¡¦rg¡¦on qishlog¡¦ida ziyoli oilasida tug¡¦ilib voyaga yetgan.
Navbahor



OdilOdil Ruzaliev
(uzbek@voanews.com)

Odil ¡§Amerika Ovozi¡¨ O¡¦zbek xizmatida 2005 yilning boshidan buyon ishlab kelmoqda. Kundalik radio dasturlarda boshlovchilik qiladi.  2002-2004 yillarda Boston yaqinidagi Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar yo¡¦nalishi bo¡¦yicha magistrlikka erishdi. Avval O¡¦zbekiston televideniesining Birinchi kanalida, 1995 yildan beri havola etilayotgan ingliz tilida yangiliklar ¡V FCN (First Channel News) ¡V ko¡¦rsatuvining muallifi va boshlovchisi bo¡¦lgan va ¡§Axborot¡¨ dasturida mehnat qilgan. Odil ko¡¦p yillar davomida AQShning Toshkentdagi elchixonasida axborot ishlari bo¡¦yicha elchi maslahatchisining yordamchisi bo¡¦lib, faoliyat ko¡¦rsatgan. O¡¦zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg¡¦ona shahrida tug¡¦ilgan.